2018/08/20 4:36:15

Dunyodagi Eng Ajoyib Kompyuterlar

loading...

Zamonaviy texnologiyalar bizga talay qulaylik va imkoniyatlarni taqdim etib, odamlarni biroz o‘zgartirib qo‘ydi, hatto taraqqiyot yangiliklaridan hayratlanmaydigan bo‘lib qoldik. Biroq tarixda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan yangiliklar o‘z davrining mo‘jizasidek qabul qilingan. Masalan, faqat kompyuterlarning yaratilish tarixiga nazar tashlaylik: ular orasida hayratga sazovor bo‘ladiganlari talaygina. Sahifamizda o‘tmish va hozirgi davrda 10ta eng qiziqarli mashinalar haqidagi materiallarni jamladik.

Eng Kuchli: Sunway TaihuLight

«Qanday kompyuter eng kuchli bo‘lib hisoblanadi?» — ehtimol bu har birimiz uchun qiziqarli savoldir. Javobi oddiy: bu mashina­ning nomi Sunway TaihuLight bo‘lib, Xitoyda joylashgan. Sahifa­mizni tayyorlash vaqtida ushbu qurilma jahonda ishlab-chiqarilgan eng samarador superkompyuterlar TOP-500 ro‘yxatida birinchi qatorni egallagandi, u yiliga ikki marta yangilanadi.

Superkompyuterlar samaradorligi — bir soniyada amalga oshiriladigan operatsiyalar soni flopslarda o‘lchanadi (inglizchadan: Floating-point operations per second). TaihuLight qurilmasining eng yuqori samaradorligi 125,43 petaflopsni tashkil etadi, ya’ni 125 430 000 000 000 000 operatsiyani amalga oshirish imkoniga ega. Bunday baquvvat mashinani elektr quvvati bilan ta’minlash uchun 15 megavattdan ortiq quvvat, bundan tashqari, superkompyuterni sovitishga 28 megavatt quvvat talab etiladi. Energiyaning bir kecha-kunduzlik sarfi taxminan 20 foizni tashkil etadi. Olimlar inson miya faoliyatini modellashtirish uchun 1 ekzaflops (1018) samaradorlik zarur deb hisoblaydilar, ya’ni bu taxminan TaihuLight kabi 8–10ta kompyuter demakdir. Intel ekspertlari bunga 2020-yilda erishish mumkin deb taxmin qilmoqdalar.

Eng kichik: Michigan Micro-Mote

Kompyuterlar faqat katta emas, balki juda kichik, mitti shaklda ham bo‘ladi. Tanishing: Michigan Micro-Mote, — tarjimada «michi­gan mikro-changi» ma’nosini anglatadi, — bu jahondagi eng mitti hisoblash mashinasidir. Uning uzunligi — taxminan 2 millimetr bo‘lib, egallaydigan joyining hajmi 3 kub millimetrni tashkil etadi. Mazkur mittivoyning funksionalligi kishini hayratga soladi: bu nafaqat oddiy datchik, balki protsessori, xotirasi, kiritilgan akkumulyatori hamda quvvatlanish uchun quyosh batareyasiga ega to‘laqonli kompyuterdir. Kompyuter ichida ma’lumotlar uzatkichi mavjud, yana hayratlantiruvchi ko‘rsatkichlaridan biri shuki, kamerasi ham mavjud bo‘lib, 160 ga 160 pikselli fotosurat olishdek qamrovga ega.

Michigan Micro-Mote qurilmasining qo‘llanilish turi bir nechta, masalan: u internet vositalarda gadjetlar «miyasi» yoki tibbiy ko‘rsatkichlarni olish uchun inson tanasiga kiritiladigan moslama va boshqalar bo‘lib xizmat qila oladi. Mikrokompyuterning asosiy ustunligi shundaki, hisoblash uchun oddiy mikrodatchiklar to‘p­langan ma’lumotlarni «bulut»ga jo‘natishi talab etilsa, ushbu qurilmaning o‘zi bu amalni mustaqil ravishda bajara oladi.

Eng ulkan qurilma: IBM SAGE

Jahonda eng katta kompyuter — bu IBM SAGE (ot The Semi-automatic ground environment) qurilmasidir. Ushbu bahaybat ti­zim 23ta buyruqli markazlardan tashkil topgan, ularning har birida bir donasi $30 million qimmatga ega ikkitadan o‘ta kuchli (o‘sha davr uchun) kompyuter joylashtirilgan. Bir mashina asosiy qurilma, boshqasi esa yordamchi sifatida amal qilgan.

Loyiha ustida IBM tomonidan 7000 nafar mutaxassis mehnat qilgan. SAGE 1952-yildan 1955-yilgacha kompaniyaga barcha doromadlarining 80 foizini keltirgan. Oqibatda SAGE ustida ishlash natijasidagi tajribalar bilan IBM ko‘plab muvaffaqiyatli tijorat loyihalarini yaratishga erishdi. SAGE tizimining o‘zi yanada takomillashgan tizim paydo bo‘lgunicha AQSH hukumati tomonidan 1984-yilga qadar foydalanildi.

Eng g‘alati qurilma: Rassvet I9.22

Fotosuratda «Rassvet I9.22» kompyuteri tasvirlangan. To‘g‘ri topdingiz — bu televizor, u shunday ishlab chiqilgan qurilma bo‘lib, dasturlarni emas, balki unga kompyuter ulangan mazkur qurilma videosignallarni namoyish etadi.

Bunday mashina yordamida nimalarni amalga oshirish mumkin? Ikki amalni: BASIC da dasturlashtirish yoki «Stakan», «Piton» va «Utka» deb nomlangan uchta o‘yinni o‘ynash mumkin. Albatta, hech qanday grafika haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas — ma’lumotlar ekranda matn yoki belgilar shaklida ifodalanadi. Masalan, utka — bu qora maydon uzra ko‘tariladigan «utka» so‘zidir, bulut esa —ekranning yuqori qismida sochilgan belgilar «yulduzchalardir».

Eng himoyalangan: ORWL PC qurilmasi

Dasturiy tahdidlardan to‘liq himoyalangan kompyuterni yara­tishning imkoni yo‘q, biroq qimmatli ma’lumotlarni tajovuzlardan himoya qilishning imkoni mavjud. Buning uchun maxsus ORWL PC kompyuterini sotib olib, unda ishlash kerak.

Agar kimdir gadjet korpusini ochishga urinsa, qurilma tizimi ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘chirib tashlaydi. Agar kompyu­terni belgilangan joyidan olib, og‘irlashga harakat qilinsa ham, qu­rilma tizimi avtomatik ravishda ma’lumotlarni, o‘chirib tashlaydi. Ishga tushirishda ikki omilli avtorizatsiyadan foydalaniladi. Kiritilgan SSD tarkibi esa Intel kompaniyasi tomonidan AES-256 proto­koli yordamida shifrlangan, kalit esa alohida protsessorda saqla­nadi. Bular ishlab chiquvchilar tomonidan amalga oshirilgan me­xanizmlarning bir qismidir.

Jahondagi birinchi kompyuter: Mark 1

Jahondagi birinchi kompyuterni IBM kompaniyasi muhandislari yaratganlar. Mashinaning nomi Mark 1: uni 1941-yilda ishlab chiqib, 1944-yilda Garvard universitetida amalga joriy etganlar.

Mazkur dasrurlashtirilgan hisoblash mashinasida 800 kilometr sim va 765 mingga yaqin detal joylashtirilgandi, uni tayyorlash uchun esa $500 million mablag‘ sarflangan. Mark 1 qurilmasining balandligi 2,5 metr, uzunligi — 17 metr, og‘irligi esa — 4,5 tonnani tashkil etadi. Aslida u juda ajoyib arifmometr bo‘lib, uchta jarayonni: bir soniyalar mobaynida qo‘shish, ayirish va hisoblashni amalga oshirardi. Afsuski, ko‘paytirish amalini bajarishi uchun Mark 1 olti soniya, bo‘lish uchun esa — 15,3 soniya sarflardi, logarifmlar va trigonometrik funksiyalarni hisoblash uchun — bir daqiqadan ortiq vaqt talab etilardi. Shu tariqa, yarim million dollarlik mashina qo‘lda hisoblash qurilmalarida ishlaydigan yigirma nafar operator ishini bajarish kuchiga ega edi.

Eng mustahkam qurilma: Getac B300X

Eng himoyalangan kompyuterlar orasida haqiqiy g‘olib — Getac B300X noutbukidir. Mazkur magniyli korpusga, ko‘plab rezina moslamalarga ega jomadonga o‘xshash ushbu qurilma alohida hurmatga sazovor bo‘lishi turgan gap.

Kompyuter korpusining ichiga chang tushishi, zarba va kuchli siltalanishdan to‘liq himoyalangan. Albatta, uni suvga tushirib yubo­rish mumkin emas, biroq ekrani yoki klaviaturasiga sum tomchi­lashi va hatto ustiga suv to‘kilishi holati — muammo tug‘dirmaydi. Bundan tashqari, kompyuter Selsiy bo‘yicha -20 dan +90 darajagacha haroratda ishlay oladi.

Eng og‘ir shaxsiy kompyuter: IBM5120

1980-yilda IBM kompaniyasi 5120 raqamli kompyuter modelini taqdim etdi. Mazkur qurilma tarixda eng og‘ir shaxsiy kompyuter sifatida tan olindi. To‘qqiz duymli ekrani, klaviaturasi, 64 kilobayt xotira, BASIC qo‘llab-quvvatlagan, disketalar uchun ikkita slot, — korpusi bilan bularning barchasi 45 kilogramm og‘irlikni tashkil etardi.

Bugungi kundagi shaxsiy kompyuterlarning barchasi ixchamlashtirilgan. Masalan, yaqinda taqdim etilgan kuchli ichki qismlar, Intel® Xeon®18-yadro protsessorli, 5K qamrovli, 27-duym ekranga ega Apple monoblokini olaylik. Bunday kompyuter o‘n kilogramm­dan yengil og‘irlikka ega, eng ixcham Intel® Core™ M protsessorli noutbuklar esa bir kilogrammdan ortiq og‘irlikka ega emas. Bu taraqqiyot darajasini his etish uchun yorqin misoldir.

Eng xaridorgir: Commodore 64

Jahonda eng xaridorgir kompyuter bo‘lib, amerikaning Commodore 64 qurilmasi hisoblanadi — o‘zining mavjudlik davri tarixi­da 15 milliontadan ortiq sotilgan. 1982-yilda ishlab chiqarilgan vaqtda gadjetning narxi taxminan $600 edi, biroq raqobatchilari­dan farqli ravishda, u nafaqat kompyuter do‘konlari peshtaxtasida, balki oddiy savdo markazlari va hattoki o‘yinchoqlar do‘konida ham mavjud bo‘lgan.

Ko‘rinishidan qalin korpusli klaviaturani eslatadigan qurilma­ning ichki qismi: 0,9–1 megagerts chastotali protsessor, 64 kilobayt xotira va 16 xil rangni qo‘llab-quvvatlovchi grafika mavjud. Kompyuter ekrani sifatida oddiy uy televizori xizmat qilgan. Kom­pyuter sotuvga 1982-yildan 1994-yilgacha chiqarilgan. Bu davr mobaynida uning uchun maxsus 10 000dan ortiq turli dasturlar: ishlanma vositalaridan ofis ilovalarigacha va o‘yinlar ishlab chiqarilgan. Albatta, ishlab chiqaruvchilar AppStore yoki Google Play dan ancha uzoq edilar, biroq XX asr oxidagi davrda bu katta ko‘rsatkich edi.

Eng qadimiy: Antikiter mexanizmi

Qiziqarli jamlanmamizni Yer yuzidagi end qadimiy hisoblash qurilmasi bo‘lgan g‘aroyib kompyuterlar bilan yakunlamoqchimiz. Bu antikiter mexanizmi bo‘lib, uni 1901-yilda gretsiya orolidagi Antikiterga yaqin bo‘lgan, O‘rta yer dengizi tubidan olib chiqqan­dilar.

Bu borada oradan 100 yildan ortiq vaqt o‘tgach, olimlar tadqiqot o‘tkazib, shunday xulosaga keldilar: qadimgi yunonlar mazkur qurilmadan sayyoralar harakatini modellashtirish, astronomik ho­disalarni bashorat qilish va bayramlarning aniq sanalarini hisob­lab, belgilash uchun foydalanganlar.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>