2018/09/21 8:59:27

Iskandar Zulqarnayn va Nur

loading...

          Iskandar O‘rta Osiyoda o‘ziga qarshi chiqqan ming-minglab so‘gdiylarni qirib tashladi, baqtriyaliklarni jazoladi. Iskandar o‘zi bosib olgan mamlakat yerlarida o‘ziga qarshi chiqqanlarni jilovlab turish uchun shahar-qo‘rg’onlar qurdi…

(Diodor. Yunon tarixchisi)

          Tarixdan hech narsani o‘chirib bo‘lmaydi. Ajdodlarimizning yashash tarzini, ularning jasoratini ko‘rsatuvchi, bo‘lib o‘tgan voqealar bitiklarda, yodnomalarda, rivoyatlarda bizgacha yetib kelgan. Eng muximi ularni to‘gri taxlil qilish, to‘gri ilmiy xulosa chiqarishdir.

         Nur xalqi orasida Iskandar Zulqarnayn shaxsiga aloqador ko‘plab rivoyatlar yuradi. Bir rivoyatda Iskandar chashmadagi dev parilarni quvsa, bir rivoyatda odil musulmon podsho sifatida ta’riflanadi. Bir rivoyatda Iskandar korizlar qazib qal’a qursa, boshqa rivoyatda Iskandar shoxi bilan sharqu-g’arbni ushlab turibdi, degan fikrlar aytiladi.

         Iskandar Zulqarnayn Nuratoga daxldor shaxs bo‘lganligi tufayli mazkur risolada biz ushbu sarkarda to‘grisida baxoli qudrat o‘z fikrimizni bayon etmoqchimiz.

         Tarixiy-ilmiy risolalardagi Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari tilida Iskandar Zulqarnayn nomi bilan jahonga mashhurdir. Bu sarkarda Makedoniya podshosi Filippning  o‘gli bo‘lib, u o‘n yil mobaynida o‘zining kuchli armiyasi bilan kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Eron, Misr, O‘rta Osiyo, Hindistonni bosib oladi. Iskandarning buyrug’i bilan u olib borayotgan harbiy harakatlar tarixchilar tomonidan yozib borilgan. Lekin ayrim yozuvlar bizgacha yetib kelmagan. Iskandarning O‘rta Osiyoga qilgan yurishlari to‘grisida keyinchalik eramizning I asrida yashagan Kvint Kursiy Ruf qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan.

         Eramizdan avvalgi 329 yil baxorda Iskandarning qo‘shinlari O‘rta Osiyo hududida paydo bo‘ldi. Mahalliy xalq so‘gd baxodiri Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi kurashga otlandi. Spitamen yunoncha talqin bo‘lib, bizningcha, uning ma’nosi «Shappa tame – chap qo‘l» bo‘lib uning o‘ng qo‘l barmogi kesilganligidan u chapaqay bo‘lgan. Afsonalarga qaraganda Spitamen paxlavon Siyovush avlodidan bo‘lgan ekan. Spitamenning asl ismi xozirgacha noma’lum.

         Bosqinchilarga qarshi so‘gdiylar, baqtriyaliklar, usrushonlar, saklar, daxlar va boshqa O‘rta Osiyo xalqlari Spitamen atrofiga birlashdilar. Tez orada massagetlar ham yunonlarga qarshi kurashayotgan ozodlik jangchilari safiga kelib ko‘shildi. O‘rta Osiyodagi harbiy harakat Iskandar uchun sarosimali bo‘ldi. Chunki u shuncha yerni bosib olib bunchalik qarshilikka uchramagan edi. Iskandarning, – deb yozadi Kursiy Ruf, Samarqanddagi garnizoni Spitamen tomonidan qamal qilindi. Iskandar Spitamenga qarshi Farnux ismli lashkarboshini yubordi. O‘zi esa Sirdaryo bo‘yida yashaydigan saklar bilan qirg’inbarot urushlar olib bordi va Sirdaryo yoqasida shahar-qo‘rg’on qurishga kirishdi. Qurilish shunchalik tez olib borildiki, 17 kun deganda qal’a, uylar qariyb tayyor bo‘ldi. Bu qal’aga u o‘z askarlarini, yarador bo‘lganlarni va asir olganlarni joylashtirdi.

         Yunon tarixchisi Diodor yozadi: Aleksandr (Iskandar) unga qarshi kurashga otlangan 120 ming so‘gdiylarni qatl qildi, baqtriyaliklarni jazoladi, ikkinchi marta bosh ko‘targan so‘gdiylarni asir oldi, kerakli joylarda shahar-ko‘rg’onlar qurib, unda asirlarni saqladi.

         Yunon tarixchisi Arrian yozadi: Iskandar Samarqand va hozirgi Xo‘jand orasida yashagan usrushonlar bilan bo‘lgan tengsiz jangda 30 ming mahalliy xalqdan atigi 8 mingini tirik qoldirdi. Tog’liklarning ko‘pchiligi asir tushmaslik uchun qoyalardan pastga sakrab halok bo‘ldilar.

         Diodorning yozishicha,  328-yilda so‘gdiylar, baqtriyaliklar bilan bo‘lgan janglarda Iskandar ko‘plab maxalliy xalqlarning qo‘rg’onlarini yer bilan yakson qildi va harbiy strategik jihatdan qulay bo‘lgan joylarga yangi shaxar-qo‘rg’onlar qurdi. Bu shahar-qo‘rg’onlarda urushga qatnasha olmaydigan yunonlar, makedoniyaliklar bilan birga Iskandarga bo‘ysungan maxalliy axoli ham yashay boshladi.

         Iskandar Murgob vodiysida 6 ta shaxar qurdi. Iskandarning maqsadi osiyoliklar bilan yevropaliklarni aralashtirib yangi iskandariy shaxarlar barpo qilib, O‘rta Osiyoda nafaqat harbiy sarkarda sifatida nom qoldirish, balki o‘zi qurdirgan shahar-ko‘rg’onlar orqali nomini abadiylashtirish edi. Nurda qurilgan «Iskandariy qal’a» hamda Nurato axolisi orasida uchraydigan moviy ko‘z insonlar yuqoridagi fikrlarga misoldir.

         Iskandar Zulqarnayn uch yillik qonli urushlar mobaynida So‘g’diyona va Baqtriyaning asosiy axolisini qirib tashladi.

         Atoqli rus etnografi, folklorshunos, tarixchi olim, professor N.P.Ostroumovning fikricha, G’arb va Sharqni egallagan, eramizdan avvalgi 323 yilda vafot etgan Aleksandr Makedonskiydan bo‘lak Iskandarni tarix bilmaydi. Iskandarning O‘rta Osiyoga yurishi bilan bog’lik bo‘lgan tarixiy voqealar O‘rta Osiyo yozma manbalarida turli sabablarga ko‘ra saqlanib qolmagan. Lekin Iskandar Zulqarnayn obrazi xalq og’zaki ijodida azaldan tasvirlab kelingan. Aytishlaricha Iskandarga avval katta qishlok-Jadir (avvalgi qishlok nomi unutilgan) bekligi qo‘shinlari qarshi chiqishgan. Jaxli chiqqan Iskandar ularni kirib to Nurgacha quvib kelgan. Jadirdan toki Nurgacha cho‘zilgan changalzorlar o‘sha shaxid bo‘lgan jangchilar qoni to‘kilgan joylardan o‘sib chiqqan ekan. Nur begi buni ko‘rib jangsiz taslim bo‘lgan ekan.

         Iskandar Zulqarnayn obrazi Nizomiyning «Iskandarnoma» dostonida, Firdavsiyning «Shoxnoma», Amir Xisrav Dexlaviyning «Oynai Iskandariy», Abduraxmon Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy», Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida tasvirlangan.

         Musulmonlarning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da ham Iskandar Zulqarnayn obrazi bor. Natijada u musulmon xalqlari o‘rtasida diniy obraz darajasiga ko‘tarilgan va Iskandar musulmonlar orasida iloxiy qudratga ega bo‘lgan, yengilmas shox tarzida sifatlangan.

         Filologiya fanlari nomzodi F.Boynazarovning fikricha, Iskandar o‘zining xarbiy yurishi davrida targ’ibot va tashviqot ishlariga katta e’tibor bergan. U o‘zini yengilmas, xudoning yerdagi noibi, ikki shoxli Iskandar sifatida ta’riflar, qaysi mamlakat bilan urushmoqchi bo‘lsa, oldin elchi yuborib o‘zini ulug’lab ko‘rsatgan. Shuning uchun Iskandar xaqidagi afsonalar «Qur’on»dan ilgari ham mavjud bo‘lgan. Arablar xam Eron, Xindiston, O‘rta Osiyo xalklari orasida keng tarqalgan afsonaviy qudrat soxibi Iskandar Zulqarnaynni ulug’lab, bu nomdan bosqinchilik siyosatini amalga oshirishda muxim qurol sifatida foydalanganlar.

         Iskandar Zulqarnayn shaxsini yanada chukurrok o‘rganish uchun kadimgi yunon  va Rim tarixchilariga, ularning ijodiga murojaat etaylik. Arrianning «Aleksandrning yurishi», Kvint Kursiy Rufning «Aleksandr Makedonskiy tarixi», Plutarxning «Xayotnomalar», Diodorning «Tarixiy kutubxona» asarlarida Iskandarning O‘rta Osiyoga yurishi keng tasvirlangan. Ularning nodir kitoblaridagi eramizdan avvalgi IV-III asrlar davriga oid ma’lumotlar juda kizikarli. Bu asarlarni o‘kir ekanmiz, yurtimizning kadim tarixi, go‘zal shaxarlari, muxtasham baxmal vodiylari, sersuv daryolari ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Shu o‘rinda o‘z muloxazalarimizni bildirmokchimiz. Aleksandrning Iskandarga aylanib ketishi Gomerning-Umarga, Sokratning-Shuxratga yoki Varaxranning Baxromga aylanib ketishiga o‘xshaydi.

         Eramizdan oldingi VI-IV asrlarda Eronda Axomaniylar sulolasi xukmronlik kilgan. Ular xamisha Yunonistonga  xavf solib turgan. Podsho Doro vakti-vakti bilan Yunonistonda konli urushlar olib borgan. Iskandarning otasi shox Filipp davrida Yunoniston xarbiy jixatdan chinikkan, kuchli davlatga aylangan edi. Filipp Sharkka yurishga tayyorgarlik kurayotgan bir paytda uz poytaxti Pelladada suikasdning kurboni bulgan. Uning ishini Iskandar davom ettirgan. Iskandar yoshligida Yunonistonning mashxur olimlari ko‘lida taxsil ko‘rgan. U ayniksa, xarbiy ta’limni puxta egallagan. 12-13 yoshidanok katta ko‘shinga ko‘mondonlik kilgan.

         Iskandar yoshligidan ziyrak, ilmga chankok, o‘tkir va jasur bola bo‘lib o‘sadi. U 20 yoshida taxtga o‘tiradi. Birin-ketin ulkan fors mamlakatlarini, so‘ngra O‘rta Osiyo va Xindistonning bir kismini bosib oladi. Boskinchilik urushi davomida bedavo dardga chalinib vafot etadi. Qabri kayerdaligi noma’lum. Iskandar bor-yo‘gi 32 yilu 8 oy umr ko‘radi. Eramizdan ilgari 356 yil 21 iyulda tugilib, 323 yil 11 iyunda vafot etadi. Iskandarning o‘limi xakida nuratollik Istamjon xoji Eshon bobo kuyidagi rivoyatni so‘zlab beradilar.

         … Iskandarni beto‘xtov jangu jadallar toliktirib ko‘ygandi. O‘zga yurtlarda olib borayotgan konli urushlardan u bezib, uzokda kolib ketgan vatanini sogina boshladi. Bir kechasi Iskandar tush ko‘rdi. Tushida unga Azroil aytarmish: «Ey Iskandari zamon! Sening ajaling yakin. Qachonki osting va ustingda temir bo‘lganda sening kuning bitadi». Ertasiga Iskandar o‘zini yomon seza boshlabdi. Xatto otda xam yurolmabdi. Uni ot ko‘shilgan bir temir aravaga yotkizib ko‘yishibdi. Lashkarboshilardan biri Iskandar kuyosh tigidan loxas bo‘lmasin deb uning ustini temir kalkoni bilan yopib ko‘yibdi. Shunda Iskandarning yodiga kechasi ko‘rgan tushi kelibdi. Iskandar miyigida kulib o‘ylabdi: Yo tavba! Rostdanam umrim tugaganga o‘xshaydi. Ostim temirdan, ustimda temir, xuddi tushimning o‘zginasi, o‘sha kuni Iskandar olamdan o‘tibdi. Uni Zulqarnayn kishlogiga dafn etibdilar (Nuratodan janubda 3 km.). Bu albatta tarixiy xakikatdan uzok bulgan afsona, xalkning esa shunga ishongisi keladi.

         Tarixchilarga ma’lumki, ilgarigi davrlarda xarbiy yurish tafsilotlari maxsus muarrixlar tomonidan kayd etilib borilgan. Iskandarning xam Evmen va Diodat degan muarrixlari solnoma yozib berishgan. Iskandar bilan O‘rta Osiyoga kelishgan. Ptolemey, Arastu o‘z kundaliklarida xarbiy yurish tafsilotlarini kayd etib borishgan. Mana shu ma’lumotlar endigina tiklanayotgan tariximizni chukurrok bilishda bizga katta yordam beradi.

         N.P.Ostroumovning «Iskandar Zulqarnayn» nomli kitobida O‘rta Osiyoda xozirga kadar Iskandar nomi bilan boglik joylar tilga olinadi. Iskandar ko‘l, Iskandar saroy, Iskandar qal’a, Iskandar minora shular jumlasidandir. Bularga ko‘shimcha ravishda Namangan machitlarining biridagi Iskandar taxti, Samarkand yakinidagi Gerasha (Grekshox) kishlogini, Nuratodagi Qal’ai Iskandariy, bir necha o‘nlab korizlarni, Nurato yakinidagi Zulqarnayn kishlogini misol keltirishimiz mumkin.

 “Nurato tarixidan sahifalar” kitobidan

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>