2017/08/16 6:19:19

Idea: Avtomoyka (avtoyuvish) biznesini boshlash

loading...

O’z shaxsiy beznesidan yaxshigina daromad olish uchun muvaffaqiyat keltiradigan yo’nalishli tadbirkorlik turini tanlash lozim. Avtomoyka (avtoyuvish) biznesi serdaromad va barqaror biznes turi hisoblanib, bu ish bilan har qanday tadbirkor shug’ullanishi mumkin.

Ushbu maqolam orqali avtomoyka (avtoyuvish) biznesini boshlashda nimalarni e’tiborga olish haqida bilib olishingiz mumkin.

Avtomoyka (avtoyuvish) turlari va xususiyatlari. Biznesni boshlashdan oldin qaysi turdagi avtomoyka (avtoyuvish)bilan shug’ullanishni aniqlashtirib olishingiz lozim. Bu albatta sizning qancha miqdorda investitsiya qilishingizga bog’liq. 

Quyidagicha avtomoyka (avtoyuvish) turlari mavjud:

  1. Avtomatik avtomoyka (avtoyuvish);
  2. Ko’chma avtomoyka (avtoyuvish);
  3. Qo’l mehnati bilan yuvuvchi avtomoyka (avtoyuvish);

Oxirgi paytlarda ko’chma turdagi avtomoyka (avtoyuvish) xizmati ancha ommalashib bormoqda. Ushbu yo’nalish katta miqdordagi xarajatni talab etmaydi va yaxshigina daromad olib keladi.

Eng keng tarqalgan usul esa bu qo’l mehnati bilan avtomoyka (avtoyuvish) xizmatini ko’rsatishdir. Ushbu usul hech qanday xarajatni talab etmaydi faqatgina ko’p vaqt sarflash talab etiladi. Hozirgi zamonaviy insonlar har doim shoshilib vaqtlari tig’iz ekanligini aytishadi bu esa qo’l mehnati bilan avtomobillarni yuvish xizmatini zamonaviy va rivojlangan shaharlarda qilish tavsiya etilmaydi. 

Yana bir tur bu avtomatik usulda avtomobillarni yuvishdir. Ushbu avtomoyka (avtoyuvish) tunelli va portalli ko’rinishlarda bo’ladi. Tunelli avtomoyka (avtoyuvish)da lenta bo’ylab avtomashina harakatlanadi va qurilmalar avtomobilni yuvadi. Portallia avtomoykada esa teskari jarayon bo’ladi, ya’ni avtomobil bir joyda turadi va qurilma harakatlanib mashinani katta bosimli suv bilan yuvadi. Avtomatik turdagi avtomoykada katta miqdorda ishchi kuchi talab etilmaydi va ishni yuritishda 2 ta ishchi yetarli hisoblanadi. Lekin avtomatik turdagi avtomoyka uchun qimmat narxdagi qurilmalar va binolarni tashkil qilish lozim bo’ladi.

Ro’yxatdan o’tish. Ishni boshlashdan oldin bizga qanday hujjatlar zarur bo’lishini aniqlab olishimiz kerak. Birinchi o’rinda tadbirkorlikning qaysi shakli ko’rinishida ro’yxatdan o’tishni aniqlashingiz kerak. Masalan: Yakka turdagi tadbirkor yoki Yuridik shaxs (Ma’suliyati cheklangan jamiyat, Xususiy korxona, Oilaviy korxona…) sifatida. Ro’yxatdan o’tish uchun esa Siz respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yagona Darcha markazlariga murojaat qilishingiz yoki  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali  onlayn tarzda tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berishingiz mumkin.

Undan tashqari sizdan qo’shimcha ravishda ba’zi bir hujjatlar talab etiladi:

  • Yong’in xavfsizligidan xulosa
  • Sanitariya epideomologiya nazoratidan xulosa
  • Ekologiya qo’mitasidan ruxsatnoma
  • Arxitekturadan tegishli ruxsatnomalar

Avtomoyka (avtoyuvish)ning joylashish o’rni. Agarda kimda kim Avtomoyka (avtoyuvish)  biznesi bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa ushbu xizmat ko’rsatish nuqtasining joylashuv o’rnini to’g’ri tanlashi lozim bo’ladi chunki joylashuv o’rni tadbirkorlikning muvaaffaqiyatini belgilab beruvchi omil hisoblanadi. Avtomoyka (avtoyuvish) manzili katta avtomobil trassasi yonida bo’lishi yoki avtomobilchilar ko’proq boradigan manzillarda masalan garaj yoki avtoturargohlar yonida bo’lishi lozim.

Korxonaning samarali ishlashini ta’minlash uchun, kamida ikkita yuvish joylari bilan jihozlash kerak. Binoning maydoni esa 130-150 kvadrat metrni tashkil etishi lozim. Shuningdek mijozlar uchun kutish joylari, savdo do’koni va tezkor kafe ham tashkil qilish mumkin.

Qurilmalar. Ishni boshlash uchun sizga quyidagi qurilmalar kerak bo’ladi:

  • Yuqori bosimli suv bilan yuvish qurilmasi
  • Kompressor
  • Yuvish plesosi
  • Ustki qismlar va o’rindiqlarni tozalovchi qurilma (plesos)

Avtomoyka uchun maxsus qurilmalar bizning yurtimizga asosan xorij mamlakatlaridan import qilib olib kelinadi. Import qilib olib kelingan har qanday maxsulot valyuta hisobiga keltiriladi bu esa bizga kerakli qurilmalar ancha qimmatga tushishi mumkin. Lekin ushbu qurilmalar savdosi bilan shug’ullanuvchi maxsus savdo do’konlar yurtimizda juda ko’plab mavjud.

Ishchi kuchi. Avtomoyka (avtoyuvish)  xizmatini tashkil qilishda keyingi masala bu ishchilarni tanlash va ularni qabul qilish. Bu juda qiyin va ma’suliyatli ish hisoblanadi. Lekin Avtomoyka (avtoyuvish) uchun ish stajiga ega bo’lmagan ishchilarni keyingi o’rinda o’rgatish sharti bilan qabul qilish mumkin.

Iqtisodiy hisob-kitoblar. Endi Avtomoyka (avtoyuvish) biznesini tashkil qilishda qancha miqdorda pul sarflash kerak degan savolga javob qidirishga harakat qilib ko’ramiz.

Buning uchun quyidagi xarajatlarni hisoblab chiqishimiz lozim:

  • Ish joyi ijarasi
  • Sotib olish, xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
  • Reklama xarajatlari
  • Ishchilar oylik-maoshi
  • Soliqlar

Barcha hisob-kitoblarni mustaqil ravishda o’zingiz qilishingiz ham mumkin. Lekin professional mutaxasis xizmatidan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Mutaxasis kerakli hisob kitoblarni va biznes rejalarni ham tayyorlab beradi.

Xo’sh, Avtomoyka (avtoyuvish) tashkil qilish uchu qancha xarajat qilishimiz kerak? Qurilmalarni sotib olib ishni tashkil qilish uchun 30 000 000 so’m atrofida pul xarajat qilish kerak. Shuningdek, binoning ijarasi uchun ham har oyda 1 500 000 – 2 000 000 so’m atrofida  pul to’lanadi. Yuvish uchun ishlatiladigan vositalar uchun ham kamida har oyda 1 000 000 – 1 500 000 so’m atrofida xarajat qilinadi. Undan tashqari har oyda ishchilar uchun ham 500 000 -1 000 000 so’mdan maosh to’lashingiz kerak.

Endi keladigan kirimlar haqida fikr yuritamiz. Agarda siz doimiy mijozlar bazasiga ega bo’lib ulgursangiz har oyda 5-10 mln so’m sof foydaga erishishingiz mumkin. Bu juda yaxshi natija hisoblanib, shu ahvolda ishlasangiz qilgan xarajatlaringizni 1-1.5 yil davomida bemalol chiqarib olishingiz mumkin bo’ladi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

thumb.large.salon2

Qanday qilib gul do’konini ochish mumkin?

Agarda sizda chiroyli va muvaffaqiyatli tadbirkorlikni boshlab, ushbu tadbirkorlik orqali insonlarga ijobiy hissiyotlar berish, chiroyli ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>