2018/09/21 8:59:18

Hamyurtimiz Hasanboy Do’stmatov RIO-2016 da ilk oltin medalni qo’lga kiritdi

loading...

Bugun Rio-Olimpiadasining boks bo’yicha musobaqasida birinchi final bahsi o’tkazildi. 14 avgust O’zbekiston sporti tarihiga kiradigan kun bo’ldi.

49 kilogrammgacha bo’lgan sportchilar o’rtasidagi turnirda o’zbekistonlik Hasanboy Do’stmatov Kolumbiya vakili Yuberhen Martines Rivasga qarshi ringga chiqdi.

Jang o’zbekistonlik bokschining to’liq ustunligida o’tdi va hakamlar yakunda Hasanboy Do’stmatovga g’alaba berishdi. Yakuniy baho – 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.

Bu esa O’zbekiston delegatsiyasiga Rio-2016 olimpiadasidagi ilk oltin medalni olib keldi.

Do’stmatov o’zi orzu qilgani kabi Muhammadqodir AbdullaYevning natijasini takrorladi. 2000 yildan buyon ilk marta O’zbekiston boks terma jamoasi oltin medalga ega bo’ldi. Olimpiadalarda boks bo’yicha birinchi va ohirgi oltin medalni o’zbekistonlik sportchi 16 yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi. O’shanda Andijon sport maktabi vakili Muhammadqodir AbdullaYev O’zbekistonga oltin medal’ olib qaytgandi.

49 kilogarmmgacha vazn toifasida kumush medal’ Martinezga, bronza medallar esa amerikalik Migel Ernandes va kubalik Argilagosga topshirildi.

Hasanboy Do’stmatov hal qiluvchi finalga qadar 3 nafar raqibining har birini uchta raund natijasiga ko’ra mag’lub etishga muvaffaq bo’lgandi. Bular: meksikalik Hoselito Velaskes, qozog’istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandes.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

DguYePFW4AEd3_g

Polshada ikki boshli buzoqcha tug’ildi

Polshalik veterinar Karolina Sarovska yangi tug‘ilgan ikki boshli buzoqning suratini e’lon qildi Voqea Polsha shimolidagi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>