2018/09/23 2:05:26

Farzandingizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaslik 7 jiddiy sababi

loading...

Ba’zi ota-onalar farzandining chiroyliligini, aqlliligini ko‘z-ko‘z qilish uchun ularning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishni yoqtirishadi.

Ammo ular aynan ijtimoiy tarmoqda farzandldariga xavf tug‘diruvchi odamlar mavjudigi haqida o‘ylab ko‘rishmaydi, deb xabar beradi “Adme.ru” nashri.

Bu bilan farzandlaringizni yashirishga harakat qiling, degan fikrdan yiroqmiz. Ammo hamma narsada meyor bo‘lgani yaxshi. Quyida bunday xatardan bolangizni asrashning 7 jiddiy sababi bilan tanishtiramiz.

Suratlarga geolokatsiya qo‘ymang

Farzandingiz asosiy vaqtini o‘tkazadigan — maktab, sport zal, to‘garak nomini, joyini oshkor etmang. Yomon odamlar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishlari mumkin.

Bolaning qiziqishlari aks etgan suratlarni joylashtirmang

Bolangizning nimaga qiziqishini bilgan odam uni osongina, duch kelgan joyda, har qanday vaziyatda bundan unumli foydalangan holda aldashi mumkin.

Bola haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha suratlarni olib tashlang

Bu sizga g‘alati tuyulishi mumkin. Biroq shunday odamlar borki, ular ijtimoiy tarmoqda bolasiga olgan vizasi, pasporti va boshqa hujjatlari bilan maqtanib, ularning suratlarini joylashtirishadi. Hujjatda bolaning ismi-sharifi, u haqdagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilgani bois, uning qayerda yashashi va qaysi maktabda o‘qishini bilib olish oson bo‘ladi.

Bolaning mashina yonida tushgan suratini qo‘ymang

Bu ma’lumot nafaqat bola uchun, balki ota-onalar uchun ham xavf tug‘diradi. Jinoyatchilarga o‘zingiz haqingizda ham to‘liq ma’lumot berishingiz mumkin.

Bolaning yarim yalang‘och suratini joylashtirmang

Bunday suratlar siz va yaqinlaringiz uchun qanchalik kulgili va samimiy tuyulmasin, ba’zilar unga batamom boshqa tomondan nazar tashlashlari mumkin.

Kelajakda bolangizning uyalishiga sabab bo‘ladigan suratlarni qo‘ymang

Shubhasiz, bunday suratlar barchamizda mavjud. Bolaligimizda ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo‘lmagani bois, ularni faqatgina yaqinlarimiz tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bizning bolalarimiz esa bunday xavfdan himoya qilinmagan. Ularning bunday suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish kelajakda ularning qizarishiga, uyalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Farzandingizning boshqa bolalar bilan tushgan suratini qo‘ymang

Bunday suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdan ilgari farzandingiz bilan suratga tushgan bolalarning ota-onasi qarshi bo‘lmasligi haqida o‘ylab ko‘ring. Axir bu ishingiz bilan boshqa bolalarning javobgarligini ham o‘z bo‘yningizga olasiz.

Farzandingizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdan oldin uni nafaqat do‘stlaringiz, yaqinlaringiz ko‘rishini, balki har qanday yovuz niyatli odam undan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkinligi, bolangizning xavfsizligi haqida o‘ylab ko‘ring. Farzandingizni yomon ko‘zlardan, yomon niyatli odamlardan asranganba

Manba: facebook.com

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

OLifCDHaH7esaKv42-croIphFvPCok4a

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to‘g‘rimi?

Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi. Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo‘libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>