2019/06/27 1:37:21

Eng jundor odamlar oilasi

loading...

Bu 38 yoshli Chui va uning qarindoshlari. Ularning hammasi kamdan-kam uchraydigan kasallik – tug’ma gipertrixozdan, ya’ni yuzdagi ortiqcha junlardan azob chekishadi. eng-jundor

Xesus “Chui” Aseves 1974 yilda Meksikaning Loreto shahrida tug’ilgan. Xuddi mana shu dard bilan uning singlisi Liliya, amakivachcha og’a-inilari Denni va Larri ham tug’ilishgan. Hech kim ularga boshpana berishni istamadi. Shuning uchun Loreto hokimi bu bechora, bedavo kasallikka uchragan oilaga ikkita uy berdi, ular haligacha mana shu erda yashab kelishadi.jundorodam1

Chui va uning qarindoshlari hali yoshligidanoq tsirkda ish boshlashdi – ular ommaga xuddi tasqaralardek namoyish qilindi. Aka-ukalarni kunduzlari furgondan tashqariga chiqarishmasdi. Agar odamlar sochli odamlarni ko’chada ham uchratish mumkinligini bilib qolishsa, tomoshalarga pul to’lamay qo’yishadi, derdi tsirk egasi. jundorodam2

Chuining uch qizi ham gipertrixoz bilan tug’ildi. Chuining oilasida birinchi bo’lib bu kasal bilan og’rigan inson uning katta buvisi bo’lgan. shundan so’ng diagnoz oilaning yana 30 vakiliga tarqalgan. Tarixda gipertrixozning bor-yo’g’i 50 ta holati aniqlangan bo’lib, ulardan 30 tasi aynan Aseves oilasida kechmoqda.

Chuining qizchasini maktabda mazax qilishadi. Uning onasi qizining yuzidagi sochlarni tez-tez tozalab turadi, ammo tuklar baribir peshona va engak qismida ko’rinib turadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>