2018/08/20 3:02:47

Eng boy odamlar reytingi yangilandi

loading...

Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi Mark Tsukerberg eng boy odamlar ro’yxatining 3-o’rniga ko’tarilib oldi. U Bloomberg tomonidan tayyorlanuvchi reytingda amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetdan o’zib ketdi.

Ayni vaqtda Tsukerbergning boyligi 81,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa 81,2 mlrd dollarga ega Baffetnikidan 373 mln dollarga ko’proqdir. Ta`kidlanishicha, Tsukerberg 6 iyunda Facebook aksiyalari narxi 2,4 foizga qimmatlashgandan keyin Baffetni ortda qoldira oldi.

Reytingda hamon Amazon asoschisi Jyeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi 142 mlrd dollarga baholangan. 2-o’rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts 94,2 mlrd dollar bilan egallamoqda.

Ta`kidlanishicha, shu tariqa ilk bor dunyoning eng boy odamlari ro’yxatining eng yuqori 3 pog’onasini o’z biznesini axborot texnologiyalari negizida qurgan tadbirkorlar egallamoqda.

Manba:Kun.Uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>