2018/12/12 7:25:58

Endi Wi-Fi o’rnini Li-Fi egallaydi

loading...

Li-fiHozirgi kunda Wi-Fi texnologiyasidan deyarli barchamiz foydalanamiz va bu texnologiyalarining imkoniyatlaridan ozmi ko’pmi xabardormiz. Tinib tinchimas dunyo olimlari to’rt yildan buyon Wi-Fi texnologiyasining keyingi avlodi Li-Fi texnologiyasi ustida ish olib bormoqda.

Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi texnologiyasidan 100 barobar tezroq ishlashi aytilmoqda. Kelajakda Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi texnologiyasining o’rnini egallashi ko’zda tutilgan.

Li-Fi texnologiyasida ma’lumot nanosoniyalar ichida miltiraydigan LED yorug’lik diodlari yordamida tarqatiladi. Yorug’lik nurlarini qabul qilish uchun esa maxsus fotodetektorlardan foydalaniladi, u kelib tushgan signalni avvalgi holatiga qaytaradi. Yorug’lik tebranishlari inson ko’zi uchun sezilmaydigan xodisadir. 2011 yilda olimlar laboratoriya sharoitida bu texnologiya yordamida ma’lumotni 224 Gbit/s tezlikda uzatishga erishilgan. Ammo ofis yoki uy sharoitida bu tezlik 1 Gbit/s ga tushadi.

O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, Li-Fi texnologiyasida ma’lumot himoyalangan bo’ladi. Li-Fi orqali uzatilgan ma’lumotni  deyarli ushlab olish imkoni yo’q,  albatta agar siz uzatgich yoki qabul qilgich bilan bir xonada turmasangiz. Birinchi Li-Fi tarmoqni Estoniyaning Velmenni kompaniyasi qurdi. Endi bu texnologiya orqali ma’lumot almashinish Tallin’ning bir qancha binolarida mavjud.

Iste’molchilar uchun bu texnologiya yaqin 3-4 yil ichida taqdim etilishi mumkin, deydi Velmenni kompaniyasi vakillari. Li-Fi ning targ’ib etilishi, Wi-Fi’ning texnologiya bozoridan chiqarib yubora olmaydi, balki ular birgalikda, integratsiya qilingan holda foydalanilishi mumkin.

Manba: itportal.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>