2017/12/11 7:12:06

Elektron to’lov tizimlarining qulayliklari

loading...

onlain-oplataElektron to’lov tizimi – bu umumiy to’lov tizimlarining bir ko’rinishi  bo’lib, elektron to’lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya (ingl –  transaction, lot.  transactio – kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi.

Elektron pullar – elektron to’lovlarning asosi sifatida pul, tovar va xizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o’tkazadi.

1980 yillarda- muamolaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o’tkazila boshlandi.

1990-yillardan boshlab elektron to’lov umumiy to’lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o’zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to’liq almashtirmagan bo’lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko’paya boshladi.Elektor to’lovlar pul muamolasidagi xarajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi.  

2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslahat Kengashi elektron pulga  “elektron shaklga o’tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo’ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar  shakllangan. 

2010-yillarda yangi Bitcoin nomli piring  (ingl. peer-to-peer, P2P – tengma-teng) pul tizimi yaratildi. Bunda R2R texnologiyasi qo’lliniladigan, nazoratchi organ, markaziy bank yoki pressing markazlar  aralashmagan, tranzaktsiya va pul emissiyasi tarmoq ishtirokchilari tomonidan   amalga oshiriladigan jamoaviy harakat sodir etiladi. Bu kriptovalyutaning odatiy elektron puldan yana bir farqli jihati shundaki, u birorta ham mamlakat valyuta tizimiga bog’lanmagan. 

Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo’lgan elektron pul muamolasi bilan bog’liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu: 

 VISA,  MasterCard,  VISA Electron va Maestrodir.

 Bundan boshqa  kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq.

Qo’shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26%  va  American Express 13% ni tashkil qiladi.

MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan.

Internet-banking tizimida ishlaydigan to’lov tizimlari ishlatish doirasi, hududlarni qamrab olishi va to’lov imkoniyatiga qarab bir-biridan  farqlanadi. Ularning  ayrimlari MDH davlatlari hududida amal qilsa, ba’zilari  xalqaro tranzaktsiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi.

Shulardan eng mashhur elektron tizimlardan biri  Webmoney hisoblanadi. Bu tizim

aksariyat  internet-do’konlarning elektron to’lovlarida ishlatiladi va o’zining o’ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda Webmoney     

tizimidan foydlanuvchilarning qariyib 70 foizi rossiyaliklardir. O’zbekistonda ham mazkur to’lov tarmog’i oxirgi 2 yil ichida keng ishlatila boshlandi va hattoki, uning WMZ-belgilarini milliy valyuta – so’mga almashtiradigan saytlar paydo bo’ldi.

 Rossiyada ommabop bo’lgan  to’lov tizimlaridan yana boshqalari Yandeks.Dengi va  QIWI-kosheleklardir. Tadqiqotlarga ko’ra 12 millionga yaqin rossiyaliklar  “Yandeks.Denьgi”, 13 millionlan ortig’i  “QIWI koshelek”  akkaunt (hisob-raqam)lariga ega. 

 Bu elektron to’lov tizimlarni boshqacha qilib fiatsiz elektron pullar deb ham atashadi. Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin: 

EasyPay

OKPAY

RBK Money

Dengi@Mail.Ru  (QIWI- 100% sotib olgan)

SKRILL

Kripto valyutalar

Bitcoin

Litecoin

Eleksnet

PayQR

Perfect Money

PayPal

Moneybookers va boshqalar.

Shular ichidan dunyo miqyosida amal qiladigan, hammabop tizimlardan OKPAY  va Perfect Money larni alohida ajratish mumkin.

Birinchidan, bu ikkala tizimdagi elektron pullarning himoyalik (xavfsizlik) darajasi o’ta yuqori bo’lib, verifikatsiya (shaxsni to’liq tasdiqlash) operatsiyalarini amalga oshirgandan keyingina kerakli darajaga erishish mumkin. Ikkinchidan, xalqaro tranzaktsiyalar tezkorlik bilan, minimal foizlarda amalga oshiriladi. 

Mamlakatimizda ham elektron to’lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va qonun-osti hujjatlari bank va to’lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan.

O’zbekistonda elektron pulni tranzaktsiyasi bilan shug’ullanadigan, aholi o’rtasida keng tarqalgan tizim bu Click.uz dir (Paynet  va Uzcarddan  tashqari). Undagi to’lovlar  uyali telefon tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Shunday  tizimlardan yana biri UPAY to’lov tizimidir. Bu to’lov tizimi 2010 yilda O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, ATB “Mikrokreditbank” va «Beeline»  uyali telefon operatori hamkorligida yaratilgan va boshida «SMS-TO’LOV» degan nom olgan edi.  Ishlash prinsipi  Click.uz  tizimiga o’xshash.

 Ushbu to’lov tizimlari orqali hozirgi kunda telefon, kommunal, internet xizmatlari,  soliq, sug’urta to’lovlari, temir yo’l va avia-chiptalariga buyurtmalar berish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.  

Mamlakat hududida nnternet banking operatsiyalarini amalga oshiradigan yangi tizimlardan bitta bu WEBSUM.UZ tizimidir.

WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki hizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir. 

Xo’sh, elektron to’lov tizimning afzalliklari nimadan iborat:

Haridor o’ziga qulay vaqt,  joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega

Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati

Ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nechta sotuvchilarga murojaat qila olish imkoniyati

Xaridorning yashash joyi, sog’ligi va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati

Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.

Yurist konsultant: Farxod Azamatovich.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

vseuspevat_svx

Ishdagi shoshqaloqlikni qanday kamaytirish mumkin?

Butun e’tiborini, kuchini vaqt yetishmasligiga qaratish va doimiy ravishdagi shoshma-shosharlik surunkali xavotirlik holatini keltirib chiqaradi. ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>