2018/08/20 4:34:24

Dunyodagi eng qimmat avtomobillar kolleksiyasi (2015)

loading...

Ushbu maqolamizda biz dunyodagi eng qimmat avtomobillar ro’yxati bilan tanishib chiqamiz . Ushbu ro’yxatga faqatgina ommaviy ishlab chiqariladigan avtomobillargina kiritilgan. Noyob va kolleksion avtomobillar kiritilmagan.

Aston-Martin

10-o’rinda  Aston Martin Vanquish. Ushbu avtomobilning narxi 255 000 $ hisoblanib, 460 ot kuchiga teng 6 litrli dvigatel bilan jihozlangan. 160 km/soat tezlikka 10 sekund davomida erisha oladi.

Lamborghini-Murcielago1

9-o’rinda Lamborghini Murcielago – narxi qariyib 280 000 $. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 3,8 sekundda erishadi va maksimal tezligi 330 km/soat.

Rolls-Royce_Phantom

8-o’rinda Rolls-Royce Phantom – ushbu avtomobil 2003-yildan ishlab chiqarila boshlangan.  Dvigatel sig’imi 6.75 litrni tashkil etib, narxi 320 000 $.

Maybach

7-o’rinda Maybach 62 – avtomobilning dvigatel quvvati 630 ot kuchi va hajmi 6 litrdan iborat. Avtomobilning yangilangan ko’rinishi 2010-yilda namoyish etilgan. Uning narxi 385 250 $ ni tashkil etadi.

Mercedes-SLR-McLaren1

6-o’rinda Mercedes SLR McLaren – dvigatel quvvati 650 ot kuchi va hajmi 5,5 litrni tashkil etgan. 100 km/soat tezlikga 3,8 sekundda erisha oladi va uning narxi 455,5 000 $.

Porsche-Carrera-GT1

5-o’rinda Porsche Carrera GT – 2003-2006-yillar oralig’ida ishlab chiqarilgan va  dvigatel quvvati 605 ot kuchi, hajmi 5,7 litrl. 100 km/soat tezlikka 3,9 sekundda erishadi. Maksimal tezligi 330 km/soatni tashkil etadi. Narxi 484 000 $.

Koenigsegg_CCX_parked1

4-o’rinda Koenigsegg CCX – ushbu avtomobil asosan bioyoqilg’i sarfida ishlashga mo’ljallangan bo’lib 806 ot kuchiga teng va 4,7 litrli dvigatel bilan ta’minlangan. 100 km/soat tezlikni 3,1 sekundda qayd etadi. Avtomobilning narxi qariyib 700 000 $.

Pagani-Zonda-C12-F1

3-o’rinda Pagani Zonda C12 F – bu avtomobil 1999-yildan 2011-yilgacha ishlab chiqarilgan. Dvigatel hajmi 7,3 litr va hajmi 602 ot kuchiga teng, maksimal tezligi 345 km/soat. 100 km/soat tezlikni 3,5 sekundda zabt eta oladi. Narxi 741 000 $. 

Ferrari1

2-o’rinda Ferrari Enzo – usbu avtomobil 2002-2004-yillar oralig’ida ishlab chiqarilgan bo’lib ko’pchilik uni zamonaviy sport mashinasi deb hisoblaydi. Dvigatel quvvati 660 ot kuchi va hajmi qariyb 6 litrni tashkil etadi. 100 km/soat tezlikka 2,7 sekundda erishadi. Avtomobilning o’rindiqlari har bir mijoz uchun alohida ishlab chiqariladi. Uning narxi 1 000 000 $ atrofida bo’ladi. 

Bugatti_Veyron_16

1-o’rinda Bugatti Veyron – Super avtomobil birinchi marta 2005-yilda namoyish etilgan. Aynan ushbu avtomobil tezlik rekordini o’rnatgan va bu tezlik 431 km/soatga teng. Dvigatel quvvati 1000 ot kuchi va 100 km/soat tezlikka 2,5 sekund davomida chiqa oladi. Avtomobil yoqilg’i sarflash bo’yich birinchi o’rinni egallaydi ya’ni 100 km ga 24,1 litr. Bugatti Veyron avtomobilini 1,7 mln. $ ga xarid qilishingiz mumkin.

Maqola m-in-city.ru sayti ma’lumotlari asosida tayorlandi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>