2017/10/24 12:05:05

Dunyodagi eng baland binolar 10 taligi

loading...

Dunyoda shunday binolar qurilmoqdaki, bu binolarning eng yuqori nuqtasida inson o’zini osmonda his qilishi tayin. Hozirgi kunda qurib bitkazilgan eng baland binilar haqida quyida bilib olishingiz mumkin.

10. Kingkey-100 (Xitoy, Shenchjen), 442 metr.

kingkey_100

Kingkey-100  –  bu ko’p funksiyali yuqori qavatli bino bo’lib, Xitoyning Shenchjen shahridagi Guandun iqtisodiy tumanining qoq markazida joylashgan. Ushbu ko’p qavatli binining birinchi nomi «Finance Center Plaza» bo’lgan, keyinroq uni nomini “100” nomiga o’zgartirishgan. Ushbu “100” binoning 100 qavatli ekanligini anglatadi. 

Kingkey-100 ning balandligi 442 metrni tashkil etib 2011-yilda qurib bitkazilgan va balandligi bo’yicha Xitoyda 4-o’rinnni egallaydi. Binoning 68-qavatigacha bo’lgan qismi turli xil ofislar, undan keyin “KK Mall” biznes markazi va “St. Regis Hotel” mehmonxonasi, oxirgi to’rt qavatida esa “Samoviy bog'” va restoranlar joylashgan.

9. Uillis minorasi (AQSH, Chikago), 443,2 metr.

uillis

1973-yilda qurilgan Uillis minorasi 25 yil davomida dunyodagi enga baland bino nomini  o’zida ushlab turgan. Minora 110 qavatdan iborat bo’lib, Shimoliy amerikaning Chikago shahrida joylashgan. Uning balandligi 443,2 metrni tashkil etadi. 

8. Zifeng minorasi (Xitoy, Nankin), 450 metr.

Zifeng-Tower

Zifeng minorasining qurilishi 2008-yilda tugatilgan bo’lib, Xitoyning Nankin shahrida joylashgan. 89 qavatdan iborat ushbu binoning haqiqiy dizaynini amerikalik arxitektor Adriano Smit ishlab chiqqan. Uning balandligi 450 metr bo’lib, Xitoyda balandligi bo’yicha 3-o’rinda turadi.

7. Petronas egizak-minoralar (Malayziya, Kuala-Lumpur), 452 metr.

Petronas-Towers

“Petronas” egizak minoralari 1998-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida qurilgan bo’lib, uning balandligi 452 metrni tashkil etadi. Minoralarning balandligi 88 qavatli uy balandligini beradi. Egizak minoralar 41-qavatidan o’zaro ko’priq orqali birlashtirilgan.  1998-yildan 2004-yilgacha minoralar dunyoning eng baland binosi hisoblangan.

6. Xalqaro biznes markazi (Xitoy, Gonkong), 484 metr.

Xalqaro-biznes-markazi-gongkong-xitoy

Gongonk xalqaro biznes markazi 2010-yilda Gongkong shahrining Koulin tumanida qurib bitkazilgan. Uning balandligi 484 metr bo’lib, 118 qavatdan iborat. Markazning ichida observatoriya, do’konlar, ofislar, biznes markazi hamda dunyodagi mashhur “Rita-Carlton-HongKong” yetti yulduzli mehmonxonasi joylashgan.

5. Butundunyo iqtisodiy markazi (Xitoy, Shanxay), 492 metr.

Butundunyo-iqtisodiy-markaz

Butundunyo iqtisodiy markazi binosi Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan.  Uning qurilishi 2008-yilda tugallangan.  Xitoyning enga baland binosi hisoblanuvchi ushbu bino 492 metrni tashkil etib, 101 qavatdan iborat. Binoda Majlislar zallari, mehmonxonalar, ofis xonalari, va restoranlar joylashgan.

4. Taybey 101 (Tayvan, Taybey), 509,2 metr.

Taybay-101

Tayvanning poytaxtida joylashgan Taybey 101 2003-yilda ochilgan bo’lib, uning balandligi 509,2 metrni tashkil etadi. Ushbu bino Tayvandagi eng baland bino hisoblanandi va 101 qavatdan iborat. Binoda turli xil ofislar, restoranlar va mehmonxonalar joylashgan, hamda dunyodagi eng tezyurar lift ham mana shi binoda o’rnatilgan uning tezligi soatiga 50,5 km hisoblanadi.

 3. Butundunyo biznes markazi 1 (AQSH, Nyu-york), 541 metr.

new-world-trade-center-construction-progress-1

Butundunyo biznes markazi 1 binosi Nyu-Yorkning Manxetton shahridagi joylashgan. Uning balandligi 541 metr bo’lib, dunyoda balandligi bo’yicha 3-o’rinni egallaydi.

2. Abradj al-Beyt (Saudiya Arabistoni, Makka) 601 metr.

Abraj-Al-Bait

Abradj al-Beyt binosining balandligi 601 metr bo’lib, 120 qavatdan iborat. Ushbu binoda Katta soat texnologiyasi joylashtirilgan. Bino balandligi bo’yicha dunyoda 2-o’rinni egallaydi. Katta soatdan tashqari binoda ko’rkam uylar, vertolyot maydonchasi, mehmonxonalar, butiklar hamda ajoyib avtomobil qo’yish joyi ham mavjud.

1. Burj Xalifa (BAA, Dubay), 828 metr.

Burj-xalifa

Burj Xalifa binosi 2010-yilga qadar “Burj Dubay” nomi bilan dunyodagi eng baland bino hisoblangan.  Binoning qurilishi 2010-yilning yanvarida tugatilgan. Bino 163 qavatdan iborat. Uning katta qismi ya’ni 154 qavati yashash uylari hisoblanadi. Undan tashqari u yerda mehmonxonalar, ofislar, tomosha maydonlari, biznes markazi va yer osti avtomobil qo’yish joylari ham mavjud.

Maqolada top10a.ru ma’lumotlaridan foydalanildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

tadbirkorlik_subyektlari

Muvaffaqiyatli tadbirkorning 5 siri

Sizda muvaffaqiyatli tadbirkor belgilari bormi? Quyida keltirilgan bir necha asosiy prinsiplar bu savolga javob berishga ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>