2018/08/20 4:35:09

Dengizda «tug’ilgan» milliarder

loading...

milliarderTedni xazilomuz shunday deb atashardi. Uning hayoti rostdan xam dengiz bilan bog’liq bo’lgan. Carnivalning tarixi mudom muvaffaqiyatsizliklar bilan boshlangan. Uning yagona kemasi Mardi Gras ilk marotaba sayohatga    chiqqanidayoq g’arq bo’lgan edi.

Shunga qaramay, bu hodisa kompaniya nomini tarixdan o’chira olmadi. Ayni paytda kompaniyaning pul aylanmasi 5 milliard dollardan oshadi. Kompaniya asoschisi Ted Arison dengizda «tug’ilgan». Shu bilan uning butun umri dengiz bilan chambarchas bog’liq bo’lib qoldi…

         Ted 1924 yili Falastinda dunyoga kelgan. Otasining qo’l ostida bir nechta kemalar bo’lib, tirikchilik asosan shular bilan edi. U 16 yoshida Bayrutdagi universitetga o’qishga kirdi. Ammo bu orada Ikkinchi jahon urushi boshlanib, taxsil qolib ketdi. Arison Britaniya armiyasi safida Germaniya,  Italiyada janglar olib bordi. Urush tugagach, Arisonning otasi vafot etdi. Shundan so’ng u M. Dizendoff & Co – oilaviy kompaniyani boshqarishiga majbur bo’ldi. O’sha payitlarda esa kompaniya ishlarini unchalik yahshi deb bo’lmasdi. O’tgan asrning 40-yillarida Yaqin Sharqda osoyishtalik xukm surmaganligi sababli biznesning gullab-yashnashiga sharoit deyarli yo’q edi. Shunda Ted Arison yana xarbiy kiyimini kiyishga majbur bo’ldi.

         1950 yillarda qariyib daromad bermayotgan kompaniyadan charchagan Arison otasining tijoratini raqiblariga sotib ybordi. Keyin Amerikaga ko’chib ketdi. U erda xam tinib-tinchimadi. Xavo orqali yk tashishi soxasiga qo’l urib ko’rdi. Ammo maqtashga arzigulik biron natijaga erisholmadi.

         1966 yili xamma narsadan to’yib ketgan ishbilarmon dam olish onlari kelganini sezib, nafaqaga chiqadi va Mayamidan qo’nim topadi. Tez orada Arisonning nafaqaga emas, ma’lum muddatga ta’tilga chiqqanligi ma’lum bo’ladi. U Mayami quyoshida dam olar ekan, ko’p o’tmay  zerikib qoldi. Tedni umrining ikkinchi qismini  bayramona  o’tkazish fikri o’ziga torta boshladi va yana biznesga qaytdi.

          Ishbilarmon yirik kemalar soxibi bo’lmish norvegiyalik Knut Kloster xuzuriga kirib, uni birga xamkorlik qilishga ko’ndirdi. Yangi tashkilot Norwegian Caribbean Lines nomini olib, Karib dengizida faoliyat yo’rita boshladi. Ammo bu kompaniyaning  daromad bera olishiga bo’lgan ilinji asta-sekin so’nib bordi.  1970yillarda ikki xamkor bir-biridan ayrilishga majbur bo’ldi. Tedga sayoxat tijorati ma’qo’l tushdi. Arison do’sti Meshulama Riklisdan Mardi Graf kemasini 6,5 million dollarga sotib olib, reklamani kuchaytirdi. O’sha yiliyoq  bu kompaniya 300 nafar taklif qilingan mexmonlari bilan yo’lga chiqdi . Afsuski, kema yarim yo’lda «o’tirib» qoldi. Muvaffaqiyatsizlik kompaniya hotimasi sifatida qabul qilindi. Ammo Ted o’z maqsadidan ortga chekinadigan ishbilanmonlar toifasiga kirmasdi. U astoydil ishga kirishdi. Lekin xar qancha urinmasin, Carnivalni daromad manbaiga aylantira olmadi.

         1974 yilda Ted Arison yana bitta kemani sotib oldi. Endi voqeyalar rivoji ko’pchilikni xayratga soldi. Arison tufayli  A xududdan B xududga suzadigan oddiy  yo’nalishdagi kemalar qatnovi bir umrga  tarihga aylandi. XIX asrda Atlantika okeani orqali kesib o’tuvchi kema bortida orkestrning chiqishi odatiy xol edi. Ammo Ted Arison sayoxat dasturlarini yanada boyitib, bu soxada o’ziga hos to’ntarish yasadi. Dasturlardan biri pop va rok yo’nalishlariga bag’ishlangan bo’lsa, boshqalari  teatr namoyishlari, go’zallik tanlovlari, golf turnirlari, pishiriqlar kursi, sog’lomlashtirish tadbirlarini qamrab olgandi.  

Ishbilarmonning ana shu xarakati samarasi o’laroq, reysga odamlar oqib kela boshladi. Bu behato amalga oshirilgan marketingning ilk qadamlari edi. Umumiy qiziqishga ega odamlar o’zaro klublarda yig’ilishardi. Kruizdan qaytib kelgach, ular taassurotlari bilan o’rtoqlashib, boshqa muhlislarda kemaga nisbatan qiziqish uyg’otardi. Shu bilan birga, o’ziga hos reklama vazifasini xam o’tardi. Ushbu uslub 30 yildan beri ish berib kelmoqda. Kompaniyaning so’nggi ihtirolaridan biri – bu chekishni tashlashni hoxlovchilar uchun sayoxat bo’ldi. Uning dasturiga mutahassis maslaxati, chekishning ziyoni to’g’risidagi ma’ruzalar, psihoterapiya seanslari kiradi.

        Kruiz ohirgi mavsumning rusumiga aylandi. Yana bir kruiz sport ishqibozlarini taklif qiladi. Sayoxat davomida ular NASCAR musobaqasi yo’lduzi  Rasti Uolles bilan shahsan tanishib undan dasthat oladilar. Arison muvaffaqiyatining yana bir siri shunda bo’ladiki, u sayoxatlar nafaqat boylar uchun xam ekanligini namoyon etadi. Ayni paytda Ted Arison o’z o’rnini o’g’li Mikkiga bo’shatib bergan. Mikki 700 tadan ziyod katta, 17000 tadan ko’p kichik kemalarga ega. Bu boyliklar o’z-o’zidan qo’lga kiritilgani yo’q, albatta. Buning uchun avvalo omad, keyin esa aql bilan ish yuritishga to’g’ri keladi. Ana shndagi na omad xam, boylik xam keladi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>