2017/12/12 11:46:16

Daromadli biznes rejani tanlash

loading...

Yaxshi tadbirkor bo‘lish uchun mablag‘ni to‘g‘ri joyga sarflab undan “hosil” olishdir. Duch kelgan biznesga kirishib foyda uchun har ishga pul sarflash buning misoli – duch kelgan yerga urug‘ sepish kabidir.

Navbatdagi mavzu sarmoya keltiradigan foydali tadbirkorlik boshlash yo‘li haqidadir… Qo‘lingizda mablag‘ingiz bor, Siz esa bu mablag‘ni tadbirkorlik / biznesga sarflamaoqchisiz va “hosil” olmoqchisiz. Buning uchun eng muhim qoidalarni unutmang:

1. O‘z qiziqishingizga mos biznes reja tanlang. Atrofingizdagilar sizga “unday qilsak foyda bo‘ladi – bunday qilsak bo‘ladi” deganiga parvo qilmang. O‘zingiz qiziqqan sohada biznes reja qiling.

2. Aqlingiz yetadigan va tushunadigan sohaga qo‘l uring Aqlingiz yetmaydigan sohada ishlamang. Masalan siz yoshligingizdan savdo bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz, demak sizga bu soha ko‘proq qiziqarli va tushunarli. Pul foydasini orzu qilib tushunarsiz sohalarga kirishmang. Aks holda bor sarmoyadan quruq qolishingiz mumkin.

3. Tadbirkorlik – bu odamlarga foydali narsa taklif etish. Har qanday biznes asli foyda ko‘rish bo‘lsa-da, Lekin u aslida odamlarga foyda keltirishdir, odamlarning mushkulini oson etishdir. Siz qancha ko‘p odamning ehtiyojini qondirsangiz shuncha ko‘p foyda ko‘rasiz. Yosh tadbirkor uchun bir nechta tadbirkorlik turlarini sanaymiz:

Tabiatga qiziqsangiz… Agar siz tabiatga – daraxt va gullar parvarish qilishga qiziqsangiz siz uchun mos biznes turlari

- Parranda fermasi ochish. (Tovuq, o‘rdak, kurka, g‘oz va hkz) Agar tovuq ferma bo‘lsa bunda siz, tovuq go‘shti va tuxum orqali daromad ko‘rasiz.

- Gul va daraxtlar parvarishi (yoki landshaft dizayni) Hozirda har qanday bino va uylarning atrofi turli gullar va ajoyib archalar bilan bezatilmoqda. Bular uchun gul urug‘larini yetishtirib berish yoki ko‘kalamzorlashtirish uchun kerakli o‘simliklar bilan ta’minlashingiz mumkin.

Hozirda bu ham rivojlangan tadbirkorlik turidir – Baliqchilik. Katta ko‘lda turli baliqlar parvarishi bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

- Asalarichilik, Asal yetishtirish juda nozik ishdir. Buning uchun chuqur bilim va tajribali kishilar yordami kerak. Asalari uyasi uchun kerakli joy tanlash ham juda muhimdir. Masalan gulzor dala yoki tog‘lar Texnologiyaga qiziqsangiz…

- Kompyuter va internet xizmatlari yoki internet kafe – Dasturiy ta’minotlar yaratish va sotish. Hozirda bu sohaga talab juda ko‘p, Chunki ko‘p korxonalar ish jarayonini komp’yuter orqali avtomatlashtirish yo‘liga o‘tmoqda. – Internet reklamasi va veb saytlar tayyorlash xizmati. Audio, Video, Dizaynga qiziqsangiz… – Audio -Video studiya ochish. Odamlar ko‘ngilxushlik uchun musiqa, kino filmlar ko‘radi. Siz esa ularning bunga bo‘lgan ehtiyojini qondirish orqali daromad qilishingiz mumkin. Masalan: Filmlar tarjima qilish, Video reklamalar tayyorlash. Audio – ovoz yozish va hokazo xizmatlar ko‘rsatish yoki SD/DVD mahsulotlar chiqarish – Dizaynerlik xizmatlari yoki poligrafiya, Qaysi korxona o‘zini reklama qilmaydi deysiz? Reklama uchun esa dizaynga ehtiyoj bor. Umuman olganda dizayn va poligrafiya xizmatlari doim birgalikda yuritiladi. Savdo-sotiq ishlariga qiziqsangiz… – Savdoda baraka bor deb bejiz aytishmagan. Bu gapda jon bor, Lekin juda ehtiyot bo‘lish kerak, Nimani qachon va qayerda, kimlarga sotishni aniqlashingiz shart. Savdoning asosiy turi 2 ta. Bular: Ulgurji (optom), va chakana (donalab sotish). Savdo sohasida ishlamoqchi bo‘lsangiz: Do‘kon ochishingiz mumkin. yoki Chet eldan mahsulot olib kelishingiz mumkin. Unutmang: duch kelgan tovar bilan savdo qilmang, Balki o‘zingiz qiziqqan va tushunadigan mahsulot savdosi bilan shug‘ullaning. – Internet orqali savdo qilish. Hozirda dunyoda internet orqali buyurtma olish juda rivojlanmoqda. Agar internet-do‘kon sayti ochib o‘z mahsulotingizni internet orqali sotsangiz, bu ham ko‘p jihatdan afzaldir. Bunda siz joy uchun ijara to‘lovi yoki boshqa to‘lovlar to‘lamaysiz. Erkin holda o‘z mahsulotingizni internet orqali xaridorga ko‘rsatasiz va yetkazib berasiz. Ko‘chmas mulk (uy-joy) savdosi – Uy-joy oldi-sotti ishlari uchun dastlabki mablag‘ingiz ancha ko‘proq bo‘lgani ma’qul. Bunday biznesning yo‘li quyidagicha: Eskiroq uy xarid qilinadi. Keyin uni ta’mirlab, sarflangan narx navoni hisobga olib sotish mumkin. Yaxshi daromad ko‘rish uchun narx navo qachon ko‘tarilishini va qachon tushayotganiga etibor berish kerak – Uy qurish. Bo‘sh yer maydoniga bir yoki bir nechta uy yoki kichik hovli qurish va sotuvga qo‘yish. Xullas, Har qanday sohada daromad ko‘rish mumkin. Muhimi ishingizda mehr va to‘g‘rilik bo‘lsin.

Manba: biznestrener.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>