2018/10/20 5:15:33

Bu juda qiziq

loading...

Suvosti qo’ziqorinlari

Oregonadagi Rog daryosi – dunyodagi yagona daryoda suvosti qo’zinqorinlari o’sadi.Psathyrella aquatica — suv ostida o’sadigan birinchi bo’lib aniqlangan plastinkasimon qo’ziqorin hisoblanadi.
Psathyrella aquatica qo’ziqorini o’sadigan yagona joy — bu AQShning Oregona shtatidagi milliy bog’ hududida Rog daryosining yuqori oqimi hisoblanadi. Ushbu qo’ziqorinning urug’lari 1,5 metrgacha bo’lgan chuqurlikda, xatto qattiq to’lqinli joylarda ham paydo bo’ladi. Ular loyqalarning bo’laklariga, shag’allarga, yogoch qoldiqlariga o’rnashib oladilar, odatda ular popanak bosgan joylar atrofida o’sishadi. Urug’lari gaz sharchalari bilan qoplangan bo’ladi, plastinka bilan ajraladigan sporalar, ushbu sharchaning tag qismidan yig’ila boshlaydi.

Qaysi biri oldinroq paydo bo’lgan – tovuqmi yoki tuxum?

Albatta tovuq. Chunki, avlod dunyoga kelishi uchun, avval ota-ona bo’lishi kerak. Ushbu savolga javob Injilda bor, yaqinda esa ilm-fan ham bu faktni isbotlashga muvaffaq bo’ldi.
Tovuq tuxumchalarida Ovocleidin-17 deb nomlanadigan, oqsil moddasi ishlab chiqariladi. Kompyuter yordamida olimlar tuxum po’sti shakllanishini batafsil o’rganishdi va aynan shu oqsil ushbu jarayonda asosiy rol o’ynashini aniqladilar. Tovuq tuxumi po’sti tarkibining 90% ini kalsiy karbonati tashkil qiladi va u bir qancha mikroelementlarga boy: mis, ftor, temir, marganes, molibden, fosfor, oltingugurt, rux, kremniy va boshqalar. Biroq buning barchasini tovuq ozuqa orqali oladi. Ovocleidin-17ni esa tovuqning o’zi ishlab chiqaradi, bundan kelib chiqadiki, tuxum paydo bo’lishi uchun u judayam zarurdir.
Albatta, “Oldinroq nima paydo bo’ldi?” degan savol ko’proq falsafiy va ritorikdir, lekin endi biz unga ilmiy tomonidan isbotlangan javobga egamiz.

Birinchi telefon jiringlamas edi

Hozirgi kunda telefonni uning jiringlashisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin, uning qo’ng’irog’ini yaratish ilk telefon ixtirochisi – A.G.Bellning hayoliga kelmagan, shuning uchun u ixtiro qilgan telefondan foydalanishning yagona yo’li – qo’ng’iroqni qabul qilish va go’shakni ko’tarib qo’ng’iroqni kutish edi.
Eng oddiy va kerakli telefon konstruksiyasiga o’zgarishni Bellning yordamichisi Tomas Uotson kiritdi. Telefon apparatiga qo’ng’iroq kirayotganda signal berish moslamasini o’rnatish aynan uning hayoliga kelgan va u tarixda telefon qo’ng’irog’iga javob bergan birinchi inson bo’lib qolgan.

Dunyodagi eng qimmat kuchuk $1500000 turadi

Big Splash ismli tibetlik qizil mastif xitoylik ko’mir baroni tomonidan judayam qimmat pulga, aniqrog’i bir yarim million dollarga sotib olindi. Big Splash yoki xitoychasiga Hong Dong o’z turining a’lo darajali vakili va o’z egasi – mashhur Lu Lyanning barcha talablariga javob beradi.
Xitoyda qimmat avtomobillar va zargar buyumlar bilan bir qatorda, Tibet qizil mastiflari boylik belgisi bo’lib hisoblanadi. Bu kuchuk zoti qadimiy tarixga ega bo’lib, ko’chmanchi Xitoy qabilalari davridan mavjud.

Tan olinmagan davlat

Buyuk Britaniya armiyasidan iste’foga chiqqan mayor Peddi Roy Beyts 1966 yilda o’zicha tashlab qo’yilgan Buyuk Britaniya chegara suvlaridan tashqarida joylashgan Rafs-Tauer harbiy platformasini egallab oldi va suveren Silend davlati tashkil qilganini e’lon qildi, hamda u o’zini knyaz Roy I deb e’lon qildi.
Ikki yildan so’ng Britaniya hukmdorlari yosh davlatni zabt etishmoqchi bo’ldilar. Platformaga patrul katerlari yaqinlashib kelganda, knyazlar oilasi havoga ogohlantiruvchi o’q uzdilar. Ushbu ish yuzasidan Beytsga nisbatan sud jarayoni mobaynida, Beytsning Britaniya fuqaroligini inobatga olgan holda, sudya ushbu ish Britaniya yurisdiksiyasidan tashqarida deb qaror qildi. Hozirgi kunda Silend o’z bayrog’i, gerbi, konstitusiyasi, tangalari va pochta markalariga ega, lekin hyech bir boshqa davlat tomonidan tan olinmagan.

Samolyotlar haqida 5 ta qiziqarli fakt

  1. 1914 yilda eng birinchi yo’lovchi tashish aviareysi amalga oshirilgan. Ichida hojatxonasi bo’lgan yo’lovchi tashiydigan samolyot esa undan 5 yil keyin paydo bo’lgan. 1919 yildan boshlab esa uzoq masofaga uchuvchi yo’lovchilarga salonda ovqat berila boshlagan.
  2. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 100 kishidan 3 tasi aerofobiyadan (parvoz qilishdan qo’rqish) aziyat chekar ekan. Lekin hozirgi kunda aviatransport xizmatidan foydalanish juda ommalashib ketgan. Ular yordamida Yer yuzining istalgan nuqtasiga qisqa vaqt ichida yetib borish mumkin . Psixologlarning ta’kidlashicha, samolyotda parvoz paytida faqat yaxshi narsalar haqida o’ylash lozim. Samolyotga chiqishdan oldin valeriana tindirmasidan ichish ham yaxshi yordam beradi. Shirinlik, alkogolli ichimliklar va qahva ichish tavsiya etilmaydi, chunki, bu mahsulotlar qo’rquv hissini kuchaytirar ekan.
  3. “Boing-767” rusumidagi samolyot – dunyoning 800 dan ziyod korxonasi yetkazib beradigan 3,1 million detaldan yig’ilgan “kolleksiya”dir. Samolyotga detallar esa dunyoning turli mamkatlarida tayyorlanadi. Masalan, uning fyuzelyaji – Yaponiyada, qanotlari – Kaliforniyada (AQSh), burilish moslamalari – Italiyada tayyorlanadi.
  4. Frankfurt Mayndan (Germaniya) – Nyu-Yorkka parvoz qilayotgan samolyotda yo’lovchilar sichqonni ko’rib vahima ko’tardilar. Xullas, Ispaniya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo’nishga to’g’ri keldi. 200ga yaqin yo’lovchini aeroport mehmonxonasiga joylashtirib, samolyot ekipaji sichqonni tutishga tuni bilan ovora bo’lishdi, lekin buni hal qila olishmadi. Faqatgina samolyot saloniga bir nechta mushuk qo’yib yuborilganidan so’ng, bu muammo tez hal bo’ldi.
  5. Ovozdan tez uchadigan “Konkord” avialayneri parvoz paytida Selsiy bo’yicha 95 darajagacha qizib, 12,5 sm ga uzayadi.

Iod mushuk yordamida ixtiro qilingan

Fransuz kimyo – texnologi Bernar Kurtua 1811 yilda iodni ixtiro qilgan. Sevimli mushugi deyarli hamma vaqt uning yelkasida o’tirardi. Kurtua ko’pincha laboratoriyada tanovul qilardi. Bir kuni tushlik vaqtida mushuk qo’rqib ketib polga sakraydi, ammo laboratoriya stollari ustida turgan shishalar ustiga tushadi. Bir shishaga Kurtua tajribalari uchun etalonda suv o’tlari kulining suspenziyasini (natriy yodididan tashkil topgan), boshqa bir shishada esa konsentratlangan sulfat kislotasini quyib qo’ygan edi. Shishalar sinib ichidagi suyuqliklar ko’shilib ketdi. Poldan o’tkir hidli ko’k va binafsha rangli bug’ ko’tarila boshladi va atrofdagi buyumlarga qora va binafsha rang metall kabi yaltiraydigan kichkina kristalchalar o’tira boshladi. Bu yangi ximiya elementi – iod edi.

BMTning bashoratiga qaraganda, yer kurramizning 7 miliardli yashovchisi Osiyoda tug’iladi

BMTning aholishunoslik bo’yicha bo’limi quyidagi ma’lumotlarni bashorat qildi, ta’kidlashlaricha shu yilning oxiriga kelib yer shari aholisining soni 7 milliard kishini tashkil qilar ekan. Statistikaga qaraganda shu sonni tashkil qiluvchi chaqaloq Osiyo davlatlarining birida tug’ilishi kutilmoqda. Muammo shundaki, qanday qilib BMT buni hisoblab chiqar ekan, chunki Yer kurrasida har soatda minglab bola tug’iladi. Lekin 12 yil avval ular buning uddasidan chiqdilar, Sarayevoda(Bosniya) tug’ilgan go’dak BMT tomonidan 6 milliardinchi inson deb tan olingandi.

Afrikadagi yerosti dengizi

Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg’oqchil hududida ulkan yerosti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o’z suv havzalari deyarli yo’q, daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg’ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish mushkul.
Olimlarning fikriga qaraganda, yangi topilgan yerosti dengizining toza suvi qishloq xo’jaligini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>