2017/11/18 1:52:47

Bolalar bog’chasi to’lovlarini UZCARD orqali to’lash imkoniyati paydo bo’ldi

loading...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21martdagi PQ-1730-son “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qismartirish koʻzda tutilgan.

 

Zamonaviy dunyoning ajralmas qismi boʻlib qolgan mobil telefonlar orqali hozirga kunda turli toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Shunday xizmat turlaridan birini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning sentyabrь oyidan taqdim etishni boshladi. Endilikda mamlakatimizning istalgan fuqarosi oʻz mobil telefoni yordamida “online” (MBANK) plastik kartasi orqali maktabgacha taʼlim muassasasida(MTM) tarbiyalanayotgan farzandining taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun MTM hisobchisi tarbiyalanuvchi bolaning UzASBO dasturiy majmuasida(DM) roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlishi kerak. Joriy xizmat turi ota-onalarning vaqtini tejashi bilan bir qatorda har bir tarbiyalanuvchi bola boʻyicha hisob-kitoblar yuritiladi va istalgan vaqtda oldingi toʻlovlar va hisoblangan hamda qarzdorliklar boʻyicha maʼlumot olish imkoniyati yaratilgan. Ushbu xizmat turi nafaqat ota-onalar uchun, balki MTM hisobchilarining ham ogʻirini yengil qiladi. Gap shundaki, amalga oshirilgan toʻlov UzASBO DMda onlayn ravishda koʻrinadi. MTM hisobchisida ushbu toʻlov qaysi tarbiyalanuvchi bolaga, qachon va qancha toʻlov amalga oshirilganligini koʻrish imkoniyati mavjud boʻladi. Bu oʻz navbatida toʻlovlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatoliklarni yoʻqqa chiqaradi va bank kvitantsiyalarini bank koʻchirmalari bilan solishtirish kabi ortiqcha qogʻozbozlikning oldini oladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari xodimlariga  UzASBO dasturidan ish haqi toʻgʻrisida SMS xabarnoma va Telegram messenjeri orqali maʼlumot olishlari boʻyicha interaktiv xizmatlar ham ishga tushirilgan edi.

Manba: mf.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6be2af6480e4e7ad87fe998103b120e3

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ...

1 Fikr

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>