2018/09/23 1:40:33

Bolalar bog‘chalari to‘lovlari miqdori o’zgardi

loading...

Prezidentning 2016-yil 27-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni boqqanlik uchun ota-onalar to‘laydigan to‘lov miqdorlari belgilandi.

To‘lov miqdoriga ta’lim muassasasining joylashgan joyi va ish rejimi (besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasi), bolalarning har kuni necha soat olib qolinishi, shuningdek, bir oilaning ushbu muassasaga keladigan farzandlari soni kabi omillar ta’sir qiladi.

Haftada besh kun ishlaydigan, Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyatga qaraydigan shaharlarda kuniga 9—10,5 soat davomida bolalarni olib qoladigan maktabgacha ta’lim muassasalariga yasli guruhida bir bola uchun 95 900 so‘m, bir oiladan ikki farzand keladigan bo‘lsa, har biri uchun 68 200 so‘mdan; maktabgacha guruhda esa bir bola uchun 126 400 so‘m, bir oiladan ikki farzand keladigan bo‘lsa, har biri uchun 89 800 so‘mdan to‘lanadi. Tuman markazlari va boshqa hududlarda ushbu to‘lovlar tegishli ravishda 68 100 va 62 200 hamda 89 800 va 82 000 so‘mni tashkil etadi.

Haftada olti kun ishlaydigan, Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyatga qaraydigan shaharlarda kuniga 9—10,5 soat davomida bolalarni olib qoladigan maktabgacha ta’lim muassasalariga yasli guruhida bir bola uchun 114 200 so‘m, bir oiladan ikki farzand keladigan bo‘lsa, har biri uchun 80 200 so‘mdan; maktabgacha guruhda esa bir bola uchun 150 500 so‘m, bir oiladan ikki farzand keladigan bo‘lsa, har biri uchun 105 800 so‘mdan to‘lanadi. Tuman markazlari va boshqa hududlarda ushbu to‘lovlar tegishli ravishda 81 100 va 73 400 hamda 106 900 va 96 900 so‘mni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>