2018/12/12 8:13:55

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

loading...

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil etildi.
Suratlar tanlovi har yili oʻtkaziladigan “Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi faol harakatlar 16 kunligi” kampaniyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi.
Tanlovning maqsadi – Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan ayollarning kasblarini keng qirrali ekanligini namoyon etishdan iborat.

Tanlovda barcha xohlovchilar teng huquqda ishtirok etishlari mumkin: havaskorlardan tortib professional fotosuratchilarga qadar.

#FacesofDiversity fotosuratlar tanlovida ishtirok etish shartlari

Tanlov ishtirokchilari fotosuratni Facebook, Twitter yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi oʻz sahifalariga yuklashlari, unga tegishli ta’rif va #FacesOfDiversity tanlovi xeshtegini ilova qilishlari hamda tanlov sahifasini belgilashlari  talab qilinadi. Belgilangan vaqt davomida Instagramda eng koʻp layk toʻplagan kishi (fotosuratlar tashkilotchilar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan xeshteg asosida topiladi va https://www.instagram.com/faces_of_diversity/ sahifasiga yuklanadi) gʻolib deb topiladi.

Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchi Oʻzbekistondagi ayollar va qizlar faoliyat yuritadigan kasblarning rang-barangligini aks ettiradigan tanlov mavzusida bitta fotosurat yoki fotosuratlar turkumini (fotoloyiha) yuklashi mumkin.

Tanlovga ishtirok etuvchi fotosuratlar mualliflik ishlari boʻlishi va aynan (eksklyuziv ravishda) ushbu tanlov uchun olingan boʻlishi zarur.

Tanlov natijalariga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan 3 nafar gʻolib aniqlanadi, e’lon qilinadi va mukofotlanadi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan galereya tuzish maqsadida cheklanmagan miqdorda fotosuratlar tanlab olinadi, ularning egalari ham e’lon qilinadilar va mukofotlanadilar.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan tanlangan eng koʻp layk toʻplagan 3 nafar gʻolib BMT galereyasi ishtirokchilari va fototanlov gʻoliblarining sertifikatlari hamda esdalik sovgʻalarini (1-oʻrin – planshet; 2-oʻrin – telefon; 3-oʻrin – qattiq disk. Tashkilotchilar tomonidan fotosuratlari tanlangan ishtirokchilar BMT fotogalereyasi ishtirokchilari sertifikatlari, bloknotlar, ruchkalar, fleshkalar yoki boshqa esdalik sovgʻalariga ega boʻladilar) qoʻlga kiritadi.

Tanlovni oʻtkazish muddati: 1 dan 20 noyabrga qadar

Sarhisob va natijalarni e’lon qilish: 21 dan 25 noyabr davomida

Mualliflik huquqi

Tanlov ishtirokchilari fotosuratni tashkilotchilar va hamkorlar tomonidan tarqatilishi, koʻpaytirilishi, nusxa olinishi, chop etilishiga rozilik beradilar. Tashkilotchilar va hamkorlar oʻz chiqishlarida fotosurat muallifini koʻrsatib oʻtish majburiyatini oladilar.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>