2018/09/21 8:59:13

“Biznes forum” ning Navoiy viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

loading...

biznes forum“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan yosh tadbirkorlar uchun “O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbollari” 1-Respublika biznes forumining Navoiy viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Forumning viloyat bosqichi 2015-yil 17-noyabr sanasida Navoiy shahrida joylashgan muhtasham “Yoshlar markazi”da o’tkazildi.

“O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbollari” yosh tadbirkorlar biznes-forumi respublikamizda faoliyat yuritayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, axborot va hamkorlik xarakteriga ega bo‘lgan loyiha hisoblanadi.

Ushbu forumning viloyat bosqichida 30 dan ziyod yosh tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi. Yosh tadbirkorlar o’zlarining faoliyatlari davomida duch kelgan muammolar va ularning yechimlari xususida talab va takliflarini aytib o’tdilar.

Forumning Respublika bosqichi 2015-yil 27-30-noyabar kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qo‘rg‘onida tashkil etiladi. Ushbu respublika bosqichida viloyat bosqichidan 8 nafar ishtirokchi yo’l oladi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>