2018/12/17 10:08:37

Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

loading...

Bugun 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni!

Shu kungacha bizga saboq bergan, hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. 1443715771

Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha talim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o’quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo’ldoshimiz. Ularning o’gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar talim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida etibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug’, degan purhikmat naqlida ham o’qituvchi va murabbiylarga bo’lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, istedod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan, marifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.1-oktyabr-ustoz-va-murabbiylar-kuni

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini sochadigan, o’z o’quvchilariga hayot maktabini beradigan mo’tabar zot – o’qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo’lsin, deymiz!

Haqiqatan ham, ko’z nuri va qalb qo’rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag’ishlagan, bir so’z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o’lchab va ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo’ladi. Ustozlarimiz o’giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo’lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo’lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va marifat dunyosi sari yo’l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko’nglida hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni ezozlab:

“Ustozning umri – mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, – deydi. Ha, juda ham to’g’ri fikr. Muallim – ustoz shunday mo’tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu korimizdan qatiy nazar, bu so’zlarni eshitganimizda ko’nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o’tadi. SHu tobda ko’z o’ngimizda qo’limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga etaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini echishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo’yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag’rida kechgan beg’ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o’rgatgan mehribon o’qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni sahifa.uz sayti ijodiy guruhi nomidan 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamagan, deymiz.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>