“KAMOLOT” YoIH Markaziy Kengashi ta’sischiligida “RESPUBLIKA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI” tashkil etildi.
Markaz faoliyatining ASOSIY MAQSADI:
yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ishtirokini yanada faollashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish va ularni hayotga tadbiq etishga ko’maklashish hamda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga amaliy yordam berish.
SHU MUNOSABAT BILAN, Markazning rasmiy ramzini (BREND) ishlab chiqish maqsadida TOP-BREND loyihasini e’lon qiladi.
ISHTIROK etish uchun Siz o`zingiz tayyorlagan brendni .jpg formatda sjurayev.uz@gmail.com yoki +998903530120 telefon raqamining telegramdagi manziliga junatishingiz lozim bo’ladi.
BRENDGA QO’YILGAN TALABLAR:
- Markazning maqsadini o`zida aks ettirishi
- Brend ishlab chiqishning umumqabul qilingan talablariga mos
- Zamonaviy, ijodiy yondashilgan bo`lishi lozim.
LOYIHA G’OLIBLARI
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari” II Respublika yosh tadbirkorlar biznes forumi va forum doirasida o’tkaziladigan tadbirlar, master-klasslarda ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritadilar.
SHOSHILING, SIZ TAYYORLAGAN BREND RESPUBLIKA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI FAOLIYATIDA FOYDALANILADI !