2017/11/18 2:04:48

Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida mеhnat yarmarkalari

loading...

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni ko‘payib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmining ortib borayotgani AKT sohasida mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshirmoqda.17353390_1857687627821908_9067867233263890465_n

2017 yil 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida mehnat yarmarkalari”ning tashkil etilishi bu borada muhim o‘rin tutadi.

Mazkur mehnat yarmarkalari doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar, davlat tashkilotlari xususan, “UNICON.UZ”, “UZINFOCOM” kabi markazlar, shuningdek aloqa operatorlari o‘zlarida mavjud vakansiyalar bilan ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Yarmarka davomida ishtirokchilar nafaqat bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari balki o‘z bizneslarini boshlash istagida bo‘lganlarga mavjud soliq imtiyozlari bilan tanishish hamda tegishli kreditlar ajratilishida yaqindan ko‘maklashish uchun soliq organlari va tijorat banklari tomonidan bevosita tadbir joyida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

Mehnat yarmarkalarida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalaridagi kadrlar iste’molchilari va ish beruvchilarining axborot –kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi talabidan kelib chiqib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2,4 ming nafar balavriat va magistr bitiruvchilari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 22 ming nafar bitiruvchilari ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Mehnat vazirligi barcha manfaatdor kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarni axborot kommunikatsiyalari sohasidagi mavjud vakant ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga chaqiradi.

Tadbirlar soat 10.00 da boshlanadi.

Mehnat yarmarkalari quyidagi manzillar bo‘yicha tashkil etiladi:

Toshkent sh. va Toshkent v.: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) (Toshkent sh., Amir Temur shox kuchasi, 108-uy), tel. (371)-238-43-57;

Samarqand: TATU Samarqand filiali (Samarqand sh., Shoxrux Mirzo ko‘chasi, 37a-uy) tel. (366) 234-42-10;

Farg‘ona: TATU Farg‘ona filiali (Farg‘ona sh, Mustaqillik ko‘chasi, 185a-uy) tel. (373) 244-44-44;

Qashqadaryo: TATU Qarshi filiali (Qarshi sh., Beshkent trassasi 3 km),
tel. (375) 221-12-08;

Xorazm: TATU Urganch filiali (Urganch shaxri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 110-uy), tel. (362) 224-52-52;

Korakalpog‘iston Respublikasi: TATU Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 74-uy), tel. (361)222-14-41;

Namangan: Namangan shahar transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Namangan shahri, 8-mart ko‘chasi, 6-uy), tel. (369) 227-12-61;

Andijon: Andijon axborot texnoloogiyalari kasb-hunar kolleji (Andijon shahri, Lev Tolstoy ko‘chasi, 36-uy), tel. (374) 226-03-55;

Buxoro: Jondor sanoat, transport va aloka kasb-hunar kolleji (Jondor shahri, Maxmud Tarobiy ko‘chasi, 1-uy), tel. (365) 223-04-40;

Jizzax: Jizzax shahar transport va aloqa kasb-hunar kolleji (Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 259-uy), tel. (372) 226-21-84;

Navoiy: Navoiy informatika va elektron sanoati kasb-hunar kolleji (Navoiy shahri, Galaba shox ko‘chasi, 228-uy), tel. (436) 223-82-82;

Surxondaryo: Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji (Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 41-uy), tel. (376) 223-46-84;

Sirdaryo: Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Guliston shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 49-uy), tel. (367) 235-00-10.

Mehnat vazirligi Axborot xizmati

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6be2af6480e4e7ad87fe998103b120e3

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>