2018/11/17 8:28:58

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 2017” ko‘rik-tanlovi Navoiyda

loading...

Umumiy ma’lumot: Ushbu tanlov Navoiy viloyatida iqtidorli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi o‘rinlarda – AKT) mutaxassisilarini (dasturchilarni) aniqlash, ular o‘rtasida ijodiy muhitni shakllantirish, shuningdek ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda viloyatda AKTni samarali qo‘llayotgan davlat organlarining nufuzini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ko‘rik tanlovning asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida AKT sohasidagi malakali kadrlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ulardagi is’tedod va qobiliyatlarni yanada rivojlantirishdan iboratdir.

Ko‘rik-tanlovning asosiy vazifalari:

  • AKTdan jamiyatning turli jabxalarida samarali foydalanilishiga erishish va mutaxassislarning imkoniyatlaridan samarali foydalanib, ularning yutuqlarini ommalashtirish;
  • Davlat organlarida ish jarayoni sifatini oshirish va mazmunan boyitishga qaratilgan axborot tizimlarini yaratish va targ‘ibot qilishga mutaxassislarni jalb etish;
  • Viloyatda dasturiy maxsulotlar bozorini yanada rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi imkoniyatlar yaratish;
  • Dasturiy mahsulotlar bozorida Navoiy viloyatini o‘z o‘rniga ega ekanligini ko‘rsatish.

Tanlovga arizalar 2017-yilning 5-dekabrdan 15 dekabrgacha ICT-challenge@umail.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchilari ishlarini baholash uchun axborot-texnologiyalari sohasi mutaxassislari va boshqa sohalardan axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yetuk malakali hakamlar hay’ati tashkil etiladi. Hakamlar hay’ati shaxsiy tartibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.

Taqdim etilgan ishlarga qo‘yiladigan talablar:

Ko‘rik-tanlovga muassasalar uchun ish jarayonida zamonaviy AKT vositalaridan foydalanib, ish unumdorligini oshirishga qaratilgan axborot tizimlari (dasturlar), mutaxassisning o‘zi faoliyat yuritayotgan muassasada amalga oshirgan ishlari bo‘yicha video rolik (slayd) hamda taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni va uni to‘liq ochib beradigan taqdimot (prezentatsiya)lar qabul qilinadi.

Tanlov sovrinlari

Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar berilib, diplom va tanlov sovrinlari taqdim etiladi. Hakamlar hay’atining qarori bo‘yicha alohida nominatsiyalarda mukofotlar umuman yoki o‘rinlardan biri uchun taqdim etilmasligi mumkin. Tanlov sovrinlari va diplomlari sovrin egasiga yoki uning vakiliga topshiriladi.

Manba: grantlar.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>