2018/10/17 4:57:00

Alisher Usmonovning yillik daromati qancha?

loading...

Forbes’ning Rossiyadagi nashri eng ko‘p daromadlarga ega rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Bu yerdagi reytingda aktivlarni sotishdan yoki dividendlar ko‘rinishida olingan real pullar hisobga olinadi. Shaxsiy mulkni sotish bo‘yicha bitimlar hisoblanmadi.

Alisher Usmonov reytingda 660 mln dollarlik daromad bilan 10-o‘rinni egalladi. Pullar “Metalloinvest” va “Megafon” dividendlarini to‘lanishi natijasida olindi.

Forbes’ning aniqlik kiritishicha, “Metalloinvest” temir rudasiga narxlarning o‘sishi fonida aksiyadorlarga 67 mlrd rubldan ko‘proq dividend to‘lab berdi, ammo 25,1 mlrd rubl kompaniyaga avval taqdim etilgan guruh ichidagi qarzlarni qoplash hisobidan darhol qaytib keldi.

Usmonovning yana bir kompaniyasi – “Megafon” – deyarli 20 mlrd rubllik dividendni to‘ladi, biroq 2018 yilda direktorlar kengashi “Yarovaya qonuni” tufayli kapital xarajatlarning ehtimoliy o‘sishi fonida dividendlarni to‘lamaslikni tavsiya etdi.

Birinchi o‘rinni esa 2,3 mlrd dollarlik daromad bilan Kirill Shamalov egalladi. Bu pullar dividendlar hamda “Sibur” kimyoviy kompaniyasi aksiyalarini uning asosiy aksiyadori Leonid Mixelsonga sotish natijasida olingan

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>