2018/11/17 8:23:56

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

loading...

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan qurollangan jangchilar va akulalarning o’zi ishtirok etgan.

2. Ayiqning yuragi daqiqasiga o’rtacha 40 marta uradi. Uyquga ketganda esa bu miqdor daqiqasiga 8 martanigina tashkil etadi.

3. Toshbaqa o’ta jiddiy jarohat bilan ham ma’lum muddat yashab qola oladi. Masalan, italiyalik olim Franchesko Redi XVII asrda toshbaqaning bosh miyasini olib tashladi. Jonivor  shu ahvolda ham yarim yil yashab qola bildi.

4. Qahva xaridorgirlik borasida dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin barchaga ma’lum. Bu neft hisoblanadi.

5. Kaliforniyaning Santa-An, yana Amerikaning bir nechta shaharlarida o’ta og’ir jinoyat sodir etmagan mahbuslar miqdori noma’lum pul evaziga bir kishilik shohona turma kameralarida yashashi mumkin. Bu kamerada hech kim mahbusni ortiqcha bezovta qilmaydi.

6. Odam qancha aqlli bo’lsa, sochi tarkibida mis miqdori shuncha ko’p bo’larkan.

7. Senegal ayollari bir haftada ichimlik suvi olish uchun 17,5 soat vaqt sarflashadi.

8.  Odam tanasidagi jami haroratning 80 foizi uning bosh qismidan ajralib chiqarkan.

9. Baykal ko’li suvi shu qadar zilol va beg’uborki, yuqoridan turib 40 metr chuqurlikdagi narsani ham bemalol ko’rsa bo’ladi.

10. Dunyodagi eng ulkan, yirik ovqat sifatida qovurilgan tuya e’tirof etiladi. Qadimda bu taom Marokashda saroydagi eng hurmatli va yuqori lavozimli shaxslar dasturxoniga tortilgan. Hozirgi kunda beduinlar to’y dasturxoniga qovurilgan tuya tortishadi.

 

Manba:Hordiq.Uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

720_460_80_2716540209

Quyosh mashinaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Selsiy bo‘yicha harorat 71,1 darajaga chiqsa ko‘p narsa bo‘ladi: tuxum pishirish mumkin, salmonella bakteriyalari o‘ladi, ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>