2018/09/23 1:46:48

Hayotni o’zgartirish uchun odatlaringizni o’zgartiring

loading...

Kichik narsalardan boshlang, vaqt o’tishi bilan u o’z mevasini beradi.

Amerikalik yozuvchi va tarixchi Uilyam Dyurant shunday degan edi: “Biz har kuni amalga oshiradigan ishlarimiz natijasimiz. Bu holatda mohirlik – harakat emas, odat”. Bu nafaqat mohirlik, balki uning aksi uchun ham to’g’ri. Qat`iylik – qat`iy odatlar natijasi. Demak odatlarni o’zgartirib, komillik darajasiga erishish mumkin. Biroq ular muvaffaqiyatni kafolatlamaydi.

1. Sizga qanday odatlar kerak ekanligini hal eting

Biror foydali odat haqida eshitganimizda uni hayotimizda bo’lishini istaymiz. Biroq u haqiqatan kerakligi haqida o’ylab ko’ring. Sizga tonggi soat beshda uyg’onish, yugurish va xom sabzavotlar bilan ovqatlanish zarurmi?

Balki erta turish siz uchun foydali bo’lar. Yoki ertalabdan o’zingizni jahldor va vaysaqi his etib, kunni chippakka chiqararsiz? Shuning uchun bunday odat hayotingizni yaxshilashi to’g’risida o’ylab ko’ring.

Bundan tashqari, o’zgarishlar uchun arzirli sabablar kerak. Masalan, haftasiga bittadan kitob o’qishni istaysiz, biroq bu sizga nima uchun kerak? Bu sizga nima beradi? Qaysi maqsadingizga erishishda yordam beradi? Bu haqida o’ylab ko’ring va siz istagan natijaga olib boradigan odatlarni tanlang.

2. Odatlar ustida navbatma-navbat ishlang

Ba`zida hamma narsani birdaniga o’zgartirish istagi paydo bo’ladi. Siz ko’proq o’qish, samaraliroq ishlash, to’g’ri ovqatlanish, sport bilan shug’ullanishga qaror qilasiz. Bu holatda ishtiyoqni biroz kamaytirish kerak. Agar ko’p odatlarni darhol o’zgartirishga kirishilsa, o’zingizga qo’shimcha zo’riqish yaratasiz.

O’zimizni yuqori baholaymiz. Kam vaqt ichida ko’p narsaga erisha oladigandek tuyuladi. Bunday emas. Biroq uzoq muddat davomida bemalol amalga oshirsa bo’ladi. Shunday ekan, bitta odatga diqqatni qarating, uni mustahkamlang. So’ng keyingisini o’zgartirish uchun harakat qilsangiz bo’ladi.

3. Baland dorga osilmang

Tezda o’zgarishga harakat qilmang. Kichigidan boshlang:

  • Yugurish bilan shug’ullanmoqchimisiz? Yurishdan boshlang.
  • Kitob yozmoqchimisiz? Bitta gapdan boshlang.
  • O’z biznesingizga asos solmoqchimisiz? Hech bo’lmagandek bitta mijoz toping.
  • Haftasiga ikkitadan kitob o’qimoqchimisiz? Kuniga bitta betdan boshlang.
  • Pul yig’ishni istaysizmi? Faqat bir marta kiyiladigan ko’ylaklar sotib olmang.
  • 4. Chek-listlardan foydalaning

    Ba`zida yangi odat ustida ishlay boshlaysiz-u, tez orada u haqida unutasiz. Hayotda kutilmagan vaziyatlar ko’p. Bir-ikki kunni o’tkazib yuborish ahamiyatsizdek ko’rinadi. Biroq bari oddiy emas. Agar doimiylikka amal qilinmasa, odat o’z-o’zidan shakllanmaydi. O’zingizga nimaga intilayotganingizni eslatish va yaxshi natijangizni kuzatish uchun chek-listlardan foydalaning.

    Siz yaxshiroq bo’lish uchun odatlarni shakllantirayotganingizni unutmang. Har kuni ularni bajarayotganingizni chek-listda belgilab boring. Kun kelib, bir juft oddiy odatlar sabab hayotingiz o’zgarganiga hayron qolasiz.

  • Manba:Kun.Uz
MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

OLifCDHaH7esaKv42-croIphFvPCok4a

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to‘g‘rimi?

Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi. Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo‘libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>