2018/10/17 4:56:51

Shirinliklar ishlab chiqarish. (Biznes reja)

loading...

Mavzu: Shirinliklar ishlab chiqarish

  1. Loyihaning umumiy g’oyasi.
  2. Korxona haqida ma’lumotlar.
  • Asosiy qism.
  1. Korxonaning tashqi muhitga ta’siri.
  2. Loyihaning umumiy g’oyasi.

 Shirinliklar – dasturxonimiz ko`rki.

Mamlakatimizda qandolatchilikka ixtisoslashgan korxonalar sonining ko`payayotgani raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratmoqda.

Korxonamizning maqsadi aholi dasturxonini qandolatchilik mahsulotlari bilan ta`minlashga hissa qo`shish. Bu yerda har xil konfet, zefir, marmelad, pechen`e, vafli kabi o`nlab turdagi mahsulot tayyorlaymiz.
Mamlakatimizda ishbilarmonlik faoliyati uchun yaratilayotgan qulay shart- sharoitlar biznesimiz rivojida muhim omil bo`lmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning 11-aprelda qabul qilingan “To`g`ridan- to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida”gi farmoni bu borada bizga, ayniqsa juda qo`l keldi.

Korxonamizga to`g`ridan-to`g`ri sarmoya kiritish imkoniyatlari kengaydi. Bu esa mahsulotlar turini ko`paytirib, sifatini sezilarli darajada yaxshilashga sharoit yaratadi.

Shuni aytish joizki, dastlab ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarib, keyinchalik Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarga ham o`z mahsulotlarimizni eksport qilish niyatidamiz.

Bizning korxonamiz har xil turdagi shirinliklar ishlab chiqaradi.

         Korxonamiz uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni Toshkent shahridan olishni rejalashtirdik. Yurtimizda shirinliklarning turli xillari mavjud. Biz mahsulotimizning nomini “ANPANMAN” deb nomladik. Bu mahsulotimiz to’rt faslda ham ketaveradi.

Bizning korxonamiz kuchli zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Bu uskunaning narxi  25 mln so’m.

Korxona haqida ma’lumotlar.

 

 

Korxonaning ta’sischilari

 

Yuridik shaxs   – “DENA” mchj                            – 50 %
Jismoniy shaxs – Azimova Dilrabo                        – 40 %
Jismoniy shaxs – Shodiyeva Gulhuroj                    – 20 %

 

       Korxonaning ustav fondi 50 mln. so’mni tashkil qiladi.

 Korxonaning manzili:

O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumani Yorqin ko’chasi 6-uy.

Korxonaning hisob raqami:                                                              

№ 52996701993080823001

MFO:

№ 98754

Korxonamiz O’zbekiston Respublikasida ko’rsatilgan soliq stavkalari bo’yicha soliq va majburiyatlarni to’laydi.

 INN:

№ 123886789

Javobgarlik ustav fondi bilan ko’rsatiladi. Korxonamiz litsenziyaga ega.

BC № 654321

Reestor: № 569/08

Biz mahsulotni ishlab chiqarishimiz uchun “Hamkorbank” bankining Chilonzor filialidan 25 mln so’m (yigirma besh million so’m) miqdorda kredit oldik. Kredit to’lashning yillik foizi 13 %, to’lov muddati 5 yil.

Kreditni to’lash korxonaning foydasidan to’lanadi.

Garov sifatida bankka yuridik shaxsning ulushi qo’yiladi.

 

Loyiha uchun

 

Kredit summasi 25 mln so’m
Kredit to’lash muddati 5 yil
Kreditning asosiy qarzini to’lash muddati  

3 oy

Kredit premyasi 13 %

 

III. Asosiy qism.

 

Bozorda korxonamizning raqobatchilari.

 

Rafaello 10000 so’m
Рулет 4500 so’m
Любимой 4000 so’m

Bozorda korxonamizning raqobatchilari ko’p. Bahosi 4000 so’mdan 10000 so’mgacha.

Shularni inobatga olib biz bozorda o’z mahsulotimizni 6000 so’m deb baholadik.

         Maqsadimiz O’zbekiston bozorini sog’lom turmush kechirishda yordam beradigan sifatli, tabiiy toza mahsulot bilan to’ldirish. Shuningdek, ichki va tashqi bozorga yetkazib berish va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash.

         Bizning texnologiyamiz 1 yilda o’rtacha 12 mln dona ishlab chiqarish qiymatiga ega.

         12 mln : 12 = 1000000

         1000000 : 31 = 300 kg

         Xarajatlar 1 kg shirinlik uchun:

         1 kg undan 1 kg shirinlik olamiz.    

 

                       Harajatlar                                         1 kg shirinlik uchun

 

1 kg un 1000 so’m
Margarin 800 so’m
Vanelin 300 so’m
Shakar 1500 so’m
Ish haqi 20 so’m
Transport 150 so’m

 

O’rtacha ish haqi 156000 so’mni tashkil etmoqda

1 kg shirinlikdan 20 so’m

300 kgdan 6000 so’m

26 kun ish kuni 156000

1 kg shirinlik uchun o’rtacha hisobda 3770 so’m harajat sarflanadi.

1 kunda 300 kg shirinlik uchun 1131000

1 oyda 29406000

1 yilda 352872000

 

Foyda: 1 kg shirinlikdan olinadigan foyda.

 

Bizning korxonamiz o’rtacha narxda 6000 so’mdan sotishni rejalashtirdik.

1 kg shirinlikdan o’rtacha 1500 so’m daromadni tashkil etmoqda, bundan:

 

Kommunal to’lovlar uchun 50 so’m
Soliq va boshqa majburiyatlar uchun 100 so’m
Rahbar va hodimlar uchun 25 so’m

 

Rahbar hodimlarning oyligi o’rtacha 195000 so’mni tashkil etadi.

Xarajatlardan kelib chiqib korxonaning sof foydasi:

1 kgdan 4500 so’mni tashkil etadi.

1 kunda 300 kgdan 1350000 so’m sof foyda.

1 oyda 351000000 so’m sof foyda.

1 yilda 421200000 so’m sof foyda.

 

  1. Korxonamizning tashqi muhitga ta’siri.

 Korxonamizda hech qanday kimyoviy moddalar ishlatilmaydi, kimyoviy chiqindilar chiqarilmaydi va atrof-muhitga zararli tomonlari yo’q. Korxonada faqat tabiiy – toza va hammabop mahsulot ishlab chiqariladi. Mahsulotimizga hech qanday sun’iy narsalar qo’shilmagan. Undan turli xil bayramlarda, to’y-marosimlarida, tug’ilgan kunlarda va boshqa ko’ngil ochar joylarda iste’mol qilish mumkin.

 

  1. Xulosa.

 

Xulosa qilib shuni aytamizki, korxonamiz faoliyatidan tushgan foydani “nogironlar uyiga”, “qariyalar uyiga”, “mehribonlik uyiga”, “kam ta’minlangan oilalar uchun maktab formasi, o’quv qurollari”, “ko’p qavatli uylar oldida suv havzalari, sport maydonchalari”ni qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Sifatli mahsulotlarni bozorga olib chiqish va aholini ish bilan ta’minlash orqali yurtimizga foydamiz tegishini hoxlaymiz.

 

To’lov yillari

Asosiy qarzni to’lash muddati  

Qoldiq kredit

Foiz bo’yicha to’lov  

Yakuniy to’lov

     

25000000

   
 

1

   

25000000

 

270833

 

270833

 

2

   

25000000

 

270833

 

270833

 

3 oyda

 

 

1250000

 

23750000

 

270833

 

1520833

 

4

   

23750000

 

257291

 

257291

 

5

   

23750000

 

257291

 

257291

 

6 oyda

 

 

1250000

 

22500000

 

257292

 

1507291

 

7

   

22500000

 

243750

 

243750

 

8

   

22500000

 

243750

 

243750

 

9 oyda

 

 

1250000

 

21250006

 

243750

 

1493750

 

10

   

21250007

 

230208

 

230208

 

11

   

21250008

 

230208

 

230208

 

12 oyda

 

 

1250000

 

20000008

 

230208

 

1480208

Jami 1 yilda  

 

5000000

   

 

1421874

 

 

6002082

Jami 5 yilda  

 

25000000

   

 

7109370

 

 

30010410

 

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>