2018/08/20 1:07:15

25-iyundagi «Qizilqum» — «Neftchi» uchrashuvini Toshkentlik Olimjon Tolibjonov boshqaradi

loading...

Oliy liga jamoalari o‘n to‘rtinchi tur bahslarini 25 va 26 iyun kunlari o‘tkazadi._DSC2042

Taqvimga ko‘ra, dastlabki kuni «Buxoro» (Buxoro) – «Mash’al» (Muborak), «Qizilqum» (Navoiy) – «Neftchi» (Farg‘ona), «Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent), «Andijon» (Andijon) – «Obod» (Toshkent), «Navbahor» (Namangan) – «Bunyodkor» (Toshkent) jamoalari maydonga tushadi.

26 iyunda bo‘ladigan «Paxtakor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq), «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Sho‘rtan» (G‘uzor), «Nasaf» (Qarshi) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) juftliklari bahsi bilan o‘n to‘rtinchi tur yakuniga yetadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, 25 iyun kuni Navoiyda bo‘ladigan«Qizilqum» – «Neftchi» jamoalari uchrashuvini poytaxtlik Olimjon Tolibjonov boshqarib boradi.

Unga laynsmenlar nukuslik Jalg‘asbay Sersenov hamda Bektursin Kannazarovlar ko‘maklashadi.

Yoshlar ligasi uchrashuvi bosh hakami va asosiy tarkiblar o‘yini zaxiradagi hakami etib, Isxaq Ibragimov (Nukus) tayinlangan.

Uchrashuvlar nazoratchisi sifatida  toshkentlik Radik Serazetdinov Navoiyga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakili Noil Lutfulin uchrashuv komissari etib belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, mazkur o‘yin referi Olimjon Tolibjonov uchun «Qizilqum» jamoasi ishtirokidagi mavsumdagi ikkinchi o‘yin sanaladi. U bungacha 3-tur doirasida «Qizilqum» — «Olmaliq» jamoalari bahsini boshqargan. Unda navoiyliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar ligasi uchrashuvi 24 iyun kuni Navoiydagi «Kimyogar» stadionida soat 17.00 da boshlanadi.  «Qizilqum» — «Neftchi» jamoalari asosiy tarkiblari bahsi esa «Yoshlar» sport majmuasi yashil maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin 25 iyun kuni soat 19.30 da start oladi.

Manba: www.fcqizilqum.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>