2018/12/17 10:58:44

Mustaqillikning zabardast tadbirkorlari shukronasi

loading...

Men, oddiy bir qishloq farzandiman. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning buyuk jasorati, rahnamoligida erishilgan Mustaqillik barcha yurtdoshlarim qatori menga ham keng imkoniyatlar berdi.dfe20fa6e4f03a6598d84454490d741b

Shu imkoniyatlar va imtiyozlardan foydalanib tadbirkor bo‘ldim. Bugungi kunda men rahbarlik qilayotgan “Zarafshon-Grand-invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlik faoliyatining bir necha turi bilan shug‘ullanadi.

Jamiyatimiz tarkibidagi korxona­lar, sexlar asosan qurilish material­lari ishlab chiqaradi. Shu bilan birga xalqi­miz uchun qo‘p qavatli uylar, ravon beton yo‘l­lar qurib berayapmiz. Albatta, xalqi­mizning turmush farovonligini yaxshi­lashda hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz.

Asosiysi, hukumatimiz tomonidan qara­tilayotgan e’tibor tufayli ishlab chiqarayotgan ayrim qurilishbop mahsu­lot­larimizni eksport ham qilayapmiz. Bugungi kunda xalqimizga mehmonxona xizmati, transport xizmati ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan. 400 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan ja­moamiz ahil va totuvlikda yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilmoqda.

Biz bugungi ishlarimiz bilan chekla­nib qolmaymiz. Kelgusida ishlab chiqa­rishni, ayniqsa, qishloq joylarida yana­da rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Kelgusi yil oxirigacha o‘zim tug‘ilib o‘sgan Qiziltepa tumanida­gi Toshrabot qo‘rg‘onida trikotaj mato­lar ishlab chiqaradigan fabrikani ishga tushirishni rejalashtirgandik. Hozir loyihalash ishlari boshlangan. Korxo­naga Yaponiya va Koreya texnologiya­la­rining eng zamonaviy uskunalari o‘rnatiladi. Yuz foiz tayyor mahsuloti­miz mahalliy xom ashyoni qayta ishlash natijasida ishlab chiqariladi. Ana shu ezgu ishlarimizni amalga oshirsak, 400 nafarga yaqin yosh doimiy ish bilan ta’minlanadi. Eng muhimi, yaratiladi­gan yangi ish o‘rinlarining asosiy qis­mini kasb-hunar kollej­la­ri bitiruv­chi­lari egallashadi. Yiliga 4-4,5 mil­lion AQSH dollari miqdori­dagi tayyor, sifatli, jahon bozo­ri ta­lablariga javob beradigan mahsuloti­miz chetga eksport qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Preziden­ti­ning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbir­korlik faoliyatining jadal rivojlani­shini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbi­larmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbir­lar to‘g‘risida”gi Farmoni tadbirkor­lar uchun keng imkoniyatlar yaratib, qo‘­shimcha imtiyozlar berib qolmasdan, zimmamizga yanada mas’uliyat yuklab, har bir harakatimizning qonun doira­si­da bo‘lishi uchun javobgarlikni ham oshira­di. Ayniqsa, tadbirkorlik fao­liyati manfaatlari davlat himoyasida ekanli­gi, biz­ni yana­da intilib, izla­nib, yaratuv­chanlik ruhi bilan mehnat qilishga da’vat etadi.

Ulug‘bek Fayziyev,

“Zarafshon-Grand-Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.

Manba: navoi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>